Reja: Kolibakterioz qo’zg’atuvchisining umumiy xarakteristikasi


Download 28.79 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi28.79 Kb.
#1614921
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kolibakteriozni labaratoriya diagnostikasi

Buzoqlar kolibakteriozi - barcha mamlakatlarda, shuningdek O’zbekistonda ham juda keng tarqalgan bo’lib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Buzoqlarda esherixiyalarning 08, 09, 015, 078, 086, 0101, 041, 0115, 0117, 0119, 0137, 02, 026, 020, 0127, 055, 035 seroguruhlari ko’p uchraydi. Ularning ba’zilari (026, 055, 086, 0119 va boshq.) yosh bolalar kolienteriti qo’zg’atuvchisidir.
Patogenezi. Buzoqlar asosan alimentar yo’l bilan zararlanadi. Burun tomoq orqali yoki ona qornida ham zararlanishi mumkin. Kolibakteriozning ikkita asosiy shakllari mavjud- enterotoksemik (ko’proq uchraydi) va septisemik. Enterotoksemik shaklida esherixiyalar ingichka ichak, shirdonda ko’payib, rivojlanadi. U yerda juda ko’p ekzoenterotoksinlar bakteriya biomassasi to’planib, o’lgan bakteriyalardan endotoksinlari ajraladi va mahalliy yallig’lanish jarayonini paydo qiladi. Bundan tashqari endotoksinlar limfa sistemasiga o’tib, buzoq toksemiyadan qisqa vaqtda o’ladi. Septisemiyada esherixiyalar ichak devoridan avval charvi limfa tugunlariga, keyin umumiy limfa oqimiga o’tib, enterit va sepsisga olib keladi. Kolibakteriozning ichak shaklini ko’proq termolabil va termostabil ekzotoksinlar ishlab chiqaruvchi esherixiyalar chaqiradi.
Ko’pchilik avtorlar fikricha, kolibakterioz patogenezida yoshga bog’liq anatomofiziologik xususiyatlar : oshqozon shirasining kislotaliligining pastligi, ichak epiteliysining o’tkazuvchangligini ortishi, limfa tugunlar va jigarning qarshiligining kamayganligi, qonda gamma-globulinlarning kamligi yoki umuman yo’qligi muhim ahamiyatga ega. Yalpi tug’ish davrida kolibakteriozning og’ir o’tishi, qo’zg’atuvchining buzoqdan buzoqqa o’tib, virulentligining ortishi bilan ifodalanadi. Kasallikning paydo bo’lishiga uvuz sutini kechiktirib berish ham olib keladi.
Immunitet. Nosog’lom xo’jaliklarda birinchi kunida buzoqlarga gamma-globulin ichiriladi. 10-14 kundan katta yoshdagi buzoqlarda kolibakteriozga tabiiy immunitet bo’ladi.
Diagnoz laboratoriyada mikroskopik, bakteriologik, serologik, biologik tekshirishlar natijasiga asoslanib quyiladi. Hamma vaqt ajratilgan kulturaning antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanadi.

Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling