Biopreparatlardan maxsus polivalentli zardob (5-15 ml) yoki gamma-globulin (5-
10 ml) qo’llaniladil). Mahalliy shtammlardan tayyorlangan vaksina bilan bo’g’oz ona cho’chqalarni tug’ishidan 3-4 hafta oldin emlash, 5 haftalik cho’chqalarni yoki ularni ajratishdan bir hafta oldin va keyin emlash yaxshi natijalar beradi. Antibiotiklar, nitrofuran va sulfanilamid preparatlari ham davolash maqsadida qo’llaniladi.
Parranda kolibakteriozi 3-14 kunlik jo’jalarda uchraydi. Kasallik o’tkir (toksikoz belgilari bilan), yarimo’tkir va surunkali (kolienterit- kuchli ich ketish) kechadi. Jo’jalarda esherixiyaning 035, 041, 086, 0101, 0103, 0117, 0137, 0408 serotiplari ajratilgan. Patogen esherixiyalar tuxum qobig’i orqali kiradi, undan chiqqan jo’jalar tashuvchi bo’lib, kolibakteriozning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi( tezagi, zararlangan oziqa va suv orqali).
Oldini olish uchun tuxumlarni inkubasiyaga qo’yishdan oldin simob-kvarsli nurlatish, ayniqsa dispergirlangan formaldegid bilan yaxshi natija beradi. Davolovchi vositalardan antibiotik va nitrofuranli preparatlarni 6-10 kun davomida 3 marta berish taklif etilgan.
Asosiy adabiyotlar:
1. Kislenko V.N., Kolichev N.M., Veterinarnaya mikrobiologiya i immunologiya. Chast 1. Obshaya mikrobiologiya. M. KolosS, 2006 g. S.13- 66.
2.Yemelyanenko P.A. i dr.Veterinarnaya mikrobiologiya. M., Kolos., 1982.S.7-25. Qo’shimcha adabiyotlar:
Vorobyev A.A. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. M. 2008 g. S. 30-50.
Asonov N.R. Mikrobiologiya. M.: Agropromizdat. 1989.S.3-18.
Do'stlaringiz bilan baham: |