Reja: Kompetensiya haqida tushincha Kompetensiyaning ta’limning ahamiyati Kompetensiya turlari Kompetensiya haqida tushincha


Kompetensiyaning ta’limning ahamiyati


Download 12.12 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi12.12 Kb.
#1605630
1   2
Kompetensiyaning ta’limning ahamiyati
Talabalarga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir, deb Ibn Sino o‘qituvchining shaxsiyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
beriladigan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
fanga qiziqgira olish;
berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o‘qitish;
bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur.
Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek davrida ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifatchilik jadal taraqqiy etgan. Shuningdek, o‘qitishning sinf tizimlari, bolalarni yoshi bo‘yicha tabaqalashtirib o‘qitish, o‘quv-tarbiya ishlarining aniq bir muddatini belgilab qo‘yish kabi g‘oyalar ilgari surilgan va ma’lum darajada amalga oshirilgan. Shu bilan birga Ulug‘bek o‘qituvchi va mudarrislarning insoniy xislatlariga bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan. Ularning moddiy ehtiyojlari davlat ta’minotidan qondirilishini yo‘lga qo‘ygan, eng mahoratli ustozlarni e’zozlagan. Ayni paytda, u mudarrislarning dars berishdan tashqari ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishlarini talab qilgan.
Shunga o‘xshash fikrlarni G‘arb pedagoglari ham aytib ketishgan. Jumladan, Disterverg: “Yaxshi o‘qituvchi o‘zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. O‘qituvchi o‘z ustida doimo mustaqil ishlashi lozim, yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o‘rgatadi” degan.
Kompetensiya turlari


O‘qituvchining kasbiy kompentensiyasi turlari quyidagilardan iborat:
1.Kasbiy.
2.Shaxsiy.
3.Umuminsoniy.
4.Ma’daniy.
5.Maxsus.

Kasbiy kompetensiya

  • Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘z ustida ishlash;

- Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish;

  • O‘quvchilar ehtiyojini anglay olishi;

  • O‘quvchilarda motivasiyani shakllantirish;

  • AKTni bilishi;

  • Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;

  • O‘z fanini mukammal bilishi;

  • Xorijiy tillardan birini bilishi.

Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
1. O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
2. O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
3. O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.
Shaxsiy kompetensiya
- Muloqatchanlik;

  • Bag‘rikenglik;

  • Etakchilik;

  • Faol,tashabbuskor;

  • Moslashuvchan;

  • Sog‘lom turmush tarzi;

  • Mas’uliyat;

  • Ishchanlik

  • Insonparvarlik.

Umummadaniy

  • Ma’lumotli;

  • Madaniyatli;

  • Umuminsoniy qadriyatlarga egalik;

  • Milliy madaniyatga ega bo‘lish;

  • Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;

-Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi.
Maxsus

  • O‘quvchilar ehtiyojini bilishi;

  • Turli yosh xususiyatlarini bilishi;


Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olishkompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Tayanch kompetensiyalar:
1. Kommunikativ kompetensiya
jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotdamuomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviyhamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
2.Axborot bilan ishlash
mavjud axborot manbalaridan (internet,televizor, radio(audio–video yozuv)telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishdamedia-madaniyatiga rioya qilish;
ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi vaboshq.)
3.Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirishkompetensiyasi
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy vaintellektual kamolotga intilish;
hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;
kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.
5.Umummadaniy kompetensiyalar
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy vaetnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
6. Matematik savodxonlik, fan va texnikayangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ma’ruza matnidagi ma’lumotlar


2.Axmedova Mukarram Tursunalievna Pedagogik konpetentlik (uslubiy qo‘llanma): 5110900 – Pedagogika va psixologiya / -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. - 80 bet.
3. https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13725-boshqaruvchiga-xos-kompetensiyalar-tavsifi
Download 12.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling