Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
6-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shlyuz
mijozlar va serverlar
Protokol - bu kompyuterlar orasidagi aloqa o‘rnatilishida, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. YA’ni kompyuterlar protokol yordamida bir-biri bilan bog‘lanadi. Protokol to‘g‘ri bo‘lsagina, kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog‘lanish tartibi yoki standartidir. Server - bu boshqa kompyuter yoki dasturlarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter yoki dasturlardir. YA’ni boshqa kompyuterlarga o‘zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, ftp, www, elektron pochta serverlari. Mijoz - Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Xuddi server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl - serverning mijozi bo‘lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta dastursida ishlashi mumkin. Ya’ni bir necha serverning mijozi bo‘lishi mumkin. Shlyuz - protokolni bir turdagi muhitdan ikkinchi turdagi muhitga o‘tkazuvchi tarmoq qurilmasi. Masalan, kompyuter internetga bog‘langanda shlyuzdan foydalaniladi. Proxy - bir necha kompyuterning internetga ulanishini ta’minlovchi tizim. Proxy server odatda ko‘p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. URL - (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. YA’ni bu adresdagi ma’lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning o‘zida foydalanishi mumkin. URL quyidagi formatga ega: manzilini aniqlaydi. Bu sxemaning ko‘plab foydalanuvchilarga tanish bo‘lgan boshqacha tasviri shunday ko‘rinishga ega: Bog‘lanish sxemasi: //mashina nomi/domen nomi/faylning to‘liq nomi. Bog‘lanish sxemasi nomi internet - kompyuter adresi bilan ikkita qiya chiziq bilan chegaralanadi, u esa bitta qiya chiziq bilan faylning to‘liq nomi bilan ajratiladi. Ko‘pchilik hollarda URL - http, FTP va Gopherlap ko‘rsatgan ko‘rinishga ega. URLни батафсилроқ тушуниш учун реал мисолдан фойдаланамиз. http:// www.youthcenter.com /index.html Bu URL adres tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqaylik: http - resursdan foydalanishda gipertekst (HuperTeht Transfer Protocol) protokoli ishlatilyapti. www.youthcenter.com - Ushbu ma’lumot joylashgan internet sahifa nomi. index.html - faylning kompyuterdagi to‘la nomi. Ko‘pchilik www - sahifalar nomlanishi shu sxemaga mos keladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ba’zan http, ftp yoki gopher tipidagi resurslarga murojaat qilinganda, faylning to‘liq nomi bitta qiyshiq 20 chiziq bilan tugallanadi. Bu aniq faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga murojaat etilganda sodir bo‘ladi. Bu adresga murojaat qilinganda, kompyuter mazkur katalog va faylga mos standart indeksli faylni beradi. httpning standart indeksli fayli odatda index.html (yoki index.htm) deb ataladi. Shu bilan birga u yana home.html, homepage.html, welcome.html yoki deault.html deb atalishi mumkin. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling