Reja: Konservalash tog’risida umumiy malumot. Konservalashning umumiy texnologik jarayonlari


KONSERVALASHNING UMUMIY TEXNOLOGIK JARAYONLARI


Download 119.5 Kb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1465110
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot


KONSERVALASHNING UMUMIY TEXNOLOGIK JARAYONLARI Konservalarning ishlab chiqarish texnologik sxemalari qayta ishlanadigan xomashyolarning turlari va mahsulotdan maqsadli foydalanishga ko‘ra farqlanadi. Ammo shunday qayta ishlash usullari borki, ular faqat konservalarning ma’lum guruhlarini ishlab chiqarishda qo'llaniladi yoki mustaqil bosqichday turli konservalar texnologik sxemalariga kiritiladi. Shu bilan birgalikda barcha xomashyolar uchun bajarilishi shart bo‘lgan jarayonlar ham bor. Xomasbyoni saralash, yuvish va tozalash. Yuqori sifatli konservalar tayyorlashda xomashyoning o‘lchamlari, rangi, yetilish darajasi muhim ahamiyatga ega. Xomashyoga texnologik ishlov berish rejimini tanlash va tayyor mahsulotning sifatini ta’minlash shu bosqichlar bilan bog'liq. Chirigan, pachoqlangan, noto‘g‘ri shaklga ega mevalarni va begona aralashmalarni ajratib olish jarayoni inspeksiya deb ataladi, Inspeksiya mevalarning rangi va pishib yetilganligi darajasi bo‘yicha saralash bilan birgalikda olib boriladi. Inspeksiya muhim texnologik jarayon hisoblanadi, chunki tez buziladigan va tayyor mahsulot sifatini yomonlashtiradigan xomashyoni olib tashlash imkonini beradi. Inspeksiya tezligi rostlanadigan (0,05-0,1 m/sekund) lentali transportyorlarda amalga oshiriladi. Xomashyoni o‘lchamlari bo‘yicha saralash kalibrlash deb ataladi. Bu jarayon po‘stloqdan tozalash, qirqish, sabzavotlar qiymasini tayyorlash jarayonlarini mexanizatsiyalash, sterilizatsiya rejimlarini rostlash, tozalash va qirqishda xomashyo sarfini kamaytirish imkonini beradi. Mevalar barabanli, valokli, diskli, shnekli, diafragmali va boshqa jihozlarni qo‘llagan holda o‘lchami yoki massasi bo‘yicha kalibrlanadi. Yuvish xomashyo yuzasidan tuproq qoldiqlari, zaharli ximikatlarning izini olib tashlash imkonini beradi, mikroorganizmlar bilan ifloslanganlik darajasini pasaytiradi. Xomashyoning turiga ko‘ra har xil yuvish mashinalaridan foydalaniladi. Masalan, pomidor, baqlajon, qalampir, kabachkilar elevatorli va ventilatorli yuvish mashinalarida yuviladi va transportyorda inspeksiyalanadi.

Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling