Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Metallokeramik qattiq qotishmalarning ishlatilishi


Download 3.73 Mb.
bet15/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Metallokeramik qattiq qotishmalarning ishlatilishi


Qotishmaning rusumi

Ishlatilishi


VK2
VK6

VK8

BK10

VK15

T5K10
T14KS
T15K6

T30K4

TT7K12


Cho‘yan, rangli metallar, metallmas materiallar va boshqalarni tozalab yo‘nishda ishlatiladigan keskich va razvyortkalar uchun.

Tozalab va xomaki yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar, cho‘yan, rangli metallar va metallmas materiallarni tozaroq va tozalab ishlashda qo‘llaniladigan freza, razvyortka va zenkerlar uchun.


Cho‘yanni, rangli metallar va metallmas materiallarni xomaki yo‘nish, randalash, frezalash va parmalashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun; yo‘nilishi qiyin bo‘lgan po‘latlarni yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar uchun.


Sim kiryalash, cho‘ktirish, teshik ochish asboblari va yengil sharoitda ishlaydigan shtamp asboblari uchun.


Po‘latdan chiviq va trubalar kiryalashga mo‘ljallangan asboblar uchun.

Uglerodli va legirlangan po‘latlarni xomaki va tozalab randalashda, xomaki va shakldor qilib yo‘nishda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun.


Uglerodli va legirlangan po‘latlarni xomaki yo‘nish, frezalash, teshikni kengaytirish va xomaki zenkerlashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun.


Po‘latlarni yuqori tezliklar bilan xomaki va tozalab yunishda ishlatiladigan keskichlar uchun.
Po‘latlarni surish va kesish chuqurligini kichik olib, katta tezliklar bilan ishlashda qo‘llannladigan kesuvchi asboblar uchun.
Qattiq po‘latlarni xomaki yo‘nish va randalashda, payvand choklarga ishlov berishda qo‘llaniladigan kesuvchi asboblar uchun.

Mayda donali VK6M rusumli qotishma juda qattiq va zich bo‘lganligidan, kesuvchi asbobning turg‘unligini 2 – 3 baravar oshirishga imkon beradi va cho‘yanni hamda ba’zi zanglamas po‘latlarni yo‘nishda ham ishlatiladi. T5K12V rusumli qotishma qattiq po‘latlarni va boshqa qotishmalarni randalash va xomaki yo‘nishda, payvand choklarga ishlov berishda va, umuman, T5K10, VK8 kabi juda puxta qotishmalarni ishlatib bo‘lmaydigan boshqa hollarda qo‘llaniladi. Ko‘p kobal‘tli juda puxta va qovushoq VK20, VK25, VK30 qotishmalari va tajribaviy VK15V, VK20V, VK25V qotishmalari ishlab chiqarishning o‘zlashtirilganligi katta zarbiy yuklanishlar ostida ishlaydigan shtamplar tayyorlashda qattiq qotishmalardan keng ko‘lamda foydalanishga imkon beradi, qattiq qotishmali shtamplar esa odatdagi shtamplarga qaraganda ancha chihamli bo‘ladi va katta iqtisodiy samara keltiradi.



Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling