Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish


Download 3.73 Mb.
bet11/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish. Toza alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan korxona masshtabida olishda, rudaning tarkibidagi loy tuproqqa, temir, titan oksidlarning miqdoriga qarab, ishqoriy usuldan yoki elektr-termik usuldan foydalanib olinadi.
1. Ishqoriy usul. Bu usuldan yuqori kremniyli va temirli boksitlardan loy tuproq (Al203) olishda foydalaniladi.
2. Elektr-termik usul. Bu usul prof. Kuznesov A.N. va Jukovskiy tomonidan yaratilgan hamda Dnepropetrovsk alyuminiy kombinatida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Bu usuldan tarkibida 20 % gacha SiO2 bo‘lgan boksitlardan Al2O3, ni ajratib olishda foydalaniladi.
Toza alyuminiyni uning oksidlaridan ajratib olish. hozirgi vaqtda kriolit (3NaFAlF3) da erigan loy tuproqni elektroliz qilish yo‘li bilan alyuminiy olinadi.

34-rasm. Alyuminiyni elektroliz usulida olish sxemasi:
1 – issiqlik o‘tkazmaydigan futerovka (devor); 2 – ko‘mirli terilma; 3 – katod shinasi; 4 –anod shinasi; 5 – elektrod; 6 – tarnov; 7 – kovsh.

34-rasmda alyuminiyni loy tuproqdan ajratib olishda ishlatiladigan moslamasining sxemasi keltirilgan. Bu moslama metall vannadan iborat bo‘lib, uning ich tomoniga grafit yoki presslangan ko‘mir plitalari terilgan. Elektroliz vaqtda, ana shu grafit yoki ko‘mir plitalari katod rolini bajaradi.


Anod rolini anod shinasiga o‘rnatilgan bir nechta ko‘mir elektrod bajaradi. Jarayonni boshlashdan avval vanna tubiga maydalangan koks yupqa qatlam qilib tashlanadi, so‘ngra elektrod bu qatlamga tekkuncha tushirilib, tok beriladi. Vanna devori qizib, chuvlangach, vannaga asta-sekin kriolit solinadi.
Erigan kriolit qatlami 200 – 300 mm ga yetgach, vannaga loy tuproq kiritiladi. Jarayon 950 – 1000 0C temperaturada boradi, ajralgan alyuminiy vanna tubida yig‘iladi va vaqt-vaqti bilan vannadan chiqazilib turiladi. Elektroliz vaqtida alyuminiyning qaytarilishi quyidagi reaksiya bo‘yicha boradi:
Al2O3 + 3C = 2A1 + 3CO
Anodda hosil bo‘luvchi CO vanna sirtida yonadi.
Vannadagi kuchlanish 5–10 v, tok kuchi 40000 a gacha bo‘ladi. Elektroliz usulida 1 t alyuminiy olish uchun 2 t AlO2O3, 0,6 t ko‘mir elektrod, 0,1 t kriolit, 18000 kv/c’am elektr energiyasi sarflanadi.
Bu usulda olingan alyuminiy kriolit zarrachalaridan va unda erigan gazlardan tozalanadi. Tozalangan alyuminiyda 0,3 – 1 % qo‘shimchalar bo‘ladi.
Quyidagi DS 3549-55 bo‘yicha alyuminiy rusumlari va ular ishlatiladigan sohalari keltirilgan.
AV1 – elektrotexnika kondensatorlarni tayyorlashda;
AV2 – kimyoviy apparatlar tayyorlashda;
AOO, AO – o‘tkazgichlar tayyorlashda;
Al, Al2kabel va ovqat pishiruvchi idishlar tayyorlashda;
AZ – qotishmalar olishda.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling