Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet10/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Texnikada alyuminiy olish.
Alyuminiy tabiatda eng ko‘p tarqalgan metall bo‘lib, uning yer qobig‘idagi umumiy miqdori 7,45 % ga yaqindir. Alyuminiy tog‘ jinslari tarkibida oksid A1203 va Al(OH)3 holida uchraydi.
Alyuminiy kumushsimon oq rangli yengil metall. Uning solishtirma og‘irligi 2,7 g/sm3, erish temperaturasi 658,7 0C, qaynash temperaturasi 1800 0C. Alyuminiyning solishtirma elektr qarshiligi 0,028 – 0,0300 om mm2/m, cho‘zilishga qarshiligi v = 10 – 12 kg/mm2, Brinell bo‘yicha qattiqligi NV = 20 – 25 kg/mm2 va nisbiy cho‘ziluvchanligi V = 40 – 45%.
Alyuminiy korroziyaga birmuncha chihamlidir, chunki uning sirtida hosil bo‘luvchi oksid pardasi Al2O3, o‘zining ostidagi qatlamni oksidlanishidan saqlaydi.
Alyuminiy va uning qotishmalari elektrni juda yaxshi o‘tkazganligi va plastik bo‘lganligi sababli xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida ishlatiladi.
Agar tog‘ jinslarining tarkibida alyuminiy 20 – 30 % bo‘lsa bunday birikmalar alyuminiy rudalari deb ataladi.
Asosiy alyuminiy rudalariga boksit, kaolin, alunit, nefelin va boshqalar kiradi.
Boksitlartarkibida, 30 – 57 % Al2O3, 17 – 35 % Fe2O3, 3 – 13 % Si02, 2 – 4 % TiO2, 3 % gacha CaO va 10 – 18 H2O bo‘ladi. Kaolinlar (A12032SiO22H2O) tarkibida 37 – 40 % Al203, 1,5 % Fe203, 36 – 45 % SiO2, 15 – 20 % H2O bo‘ladi. Alunitlar tarkibida 20 – 21 % A1203, 41 – 42 % SiO2, 4 – 5 % Fe2O3, 4 – 5 % Na2O + K2O, 22 – 23 % SO3, va 6 – 7 % N2O bo‘ladi.
Alyuminiyni uning rudalaridan olish texnologiyasi quyidagi ikki mustaqil jarayonga bo‘linadi:
1. Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish;
2. Toza alyuminiyni uning oksidlaridan ajratib olish.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling