Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet13/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Alyuminiy qotishmalari
Alyuminiy qotishmalari yengil, puxta, korroziyabardosh bo‘ladi va metall kesish dastgohlarida oson ishlanadi. Ana shu xossalari tufayli alyuminiy qotishmalari hozirgi zamon sanoatining xilma-xil sohalarida, ayniqsa, aviatsiya sanoatida keng ko‘lamda ishlatiladi. Alyuminiy qotishmalari ikki guruhga: deformatsiyabop qotishmalar guruhi bilan quymabop qotishmalar guruhiga bo‘linadi.
Mаgniy teхnikаdа ishlаtilаdigаn rаngli metаllаr ichidа eng yengilidir. Uning sоlishtirmа оg’irligi 1,77 g/sm3 erish hаrоrаti 6500 cho’zilishdаgi mustаhkаmligi G6 = 10-13 kg/mm2, nisbiy cho’ziluvchаnligi = 3,6 %. Hаrоrаt ko’tаrilishi bilаn оksidlаnib, оq аlаngа berib yonishi mumkin. Tоzа mаgniydаn fоtоgrаfiyadа ishlаtilаdi.
Tаbiаtdа mаgniy turli minerаllаrdаn оlinаdi.
Mаgnezitdаn (MgCO2) Dаlаmitdаn (MgCO3*CaCO3), Kаrmаllitdаn (MgCl2*KCl*6H2O) vа tаbiiy mаgniy tuzining eritmаlаridаn оlinаdi.
Mаgniy eritmаlаridаn elektrоliz qilish yo’li bilаn оlinаdi. Buning uchun mахsus vаnnа elektrоlit bilаn to’ldirilib, grаfitdаnqilingаn аnоd vаnnаgа tushirilаdi, so’ng ulаr bir qаtоr qilib shinа bilаn musbаt qutbgа ulаnаdi. Kаtоd esа temir po’lаtdаn yasаlаdi. Ulаr mаnfiy qutbgа ulаnаdi.
Elektrоliz jаrаyonidа mаgniy аjrаtib оlinаdi. Mаgniydаgi qo’shimchа bekоrchi jinslаr qаytа tigelli elektr pechlаridа eritilib flyuslаr yordаmidа tоzаlаnаdi.
Mаgniy termik ishlаsh yo’li bilаn hаm оlinаdi.
Titan va uning qotishmalari
Titan polimorf metall bo‘lib, kumush-oq rangda, zichligi = 4,5 g/sm3, erish temperaturasi 1665 0C dir.
882,5 0C da  – fazali titanning geksogonal zich joylashgan (GPU) panjarasi, – fazadagi hajmiy markazlashgan kub (OTSK) panjarasiga o‘tadi.
Titannnng xususiyatini uning tarkibidagi chiqindilar (qo‘shilmalar) miqdori juda tez o‘zgartirnshi mumkin. Toza titan plastik ( = 40...70 %) bo‘ladi, mustahkamligi past (V=230...250 MPa). Texnik toza titan (VT-1) da ( 0,8 % oralig‘ida chiqindi bo‘lib) V = 300...350 MPa va  = 20...30 % ga ieng bo‘ladi.
Normal temperaturada titan o‘zining yuqori korrozion va kimyoviy chihamliligi bilan ajralib turadi, chunki atmosfera sharoitida uning sirti mustahkam va zich o‘ralgan parda qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. 500 0C gacha qizdirilganda, titan juda aktiv element bo‘lib qoladi. Lekin shu bilan birga titanda asosiy kamchiliklar ham mavjud, ya’ni yomon kesib ishlanadi, past antifriksion xususiyatga ega.
Titan qotishmalari yuqori korroziyaga chidamli va yuqori solishtirma mustahkamlikka ega. Agar titanli qotishmalarning mustahkamligi V=800...1500 MPa oralig‘ida bo‘lsa, u holda yaxshi plastik (=12...25 %) holatida bo‘ladi. Shuning uchun bunday qotishmalar samolyotsozlikda, raketa texnikasida keng ishlatilib, detallarning umumiy massasi bo‘yicha 40 % gacha metall tejash imkonini mavjud.
Bundan tashqari, titanli qotishmalarning korroziyaga chihamliligi tufayli kimyo sanoatida turli truboprovodlar, nasoslar, reaktorlar tayyorlanadi

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling