Reja: Ko‘p prolyotli statik aniq balkalarni analitik usulda hisoblash
Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni harakatlanuvchi yuklarga hisoblash
Download 292.7 Kb.
|
KO‘P ORALIQLI STATIK ANIQ BALKALAR
Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni harakatlanuvchi yuklarga hisoblash
Ko‘p prolyotli statik aniq balkalar uchun ta’sir chiziqlarini qurish Ko‘p prolyotli balka zo‘riqishlarining ta’sir chiziqlarini qurish birlik ko‘chma yuk (R=1) ta’siridagi oddiy va konsolli balkalarni hisoblash qoidalariga asoslangan. Ta’sir chizig‘ini qurishdan oldin ko‘p prolyotli balka elementlarining o‘zaro bog‘lanish sxemasi chizib olinadi. Asosiy va osma (ikkinchi darajali) balkalar uchun ta’sir chizig‘ini qurish konsolli yoki oddiy balkalar uchun ta’sir chizig‘ini qurishdan farq qilmaydi. Asosiy balka uchun ta’sir chizig‘ini qurishda avval R=1 ko‘chma yukning shu asosiy balka ustida, so‘ngra unga tayangan osma balkalar ustida harakatlanishi ko‘rib chiqiladi. Bunda asosiy balkaga tayangan osma balkalarni ta’sirini e’tiborga olish uchun ta’sir chizig‘ining ikki tugun orasidagi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘zgarish xossasidan foydalaniladi. Osma balka zo‘riqishlarining ta’sir chizig‘ini chizishda ko‘chma birlik yukning (R=1) shu balka ustida harakat qilgan holati tekshiriladi, chunki R=1 yuk asosiy balka ustiga o‘tganida uning zo‘riqishlari nolga teng bo‘ladi. Misol: Ko‘p prolyotli balkaning RA, RC tayanch reaksiyalari va rasmda ko‘rsatilgan C1, C2 va C3 ko‘ndalang kesimlari uchun QC, MC ta’sir chiziqlari chizilsin (5.1 a – rasm). Balka elementlarining o‘zaro bog‘lanish sxemasi 5.1 b – rasmda ko‘rsatilgan. RA tayanch reaksiyasining ta’sir chizig‘ini chizish. AB element osma balka bo‘lgani sababli, R=1 ko‘chma yuk bu element ustida harakatlanganda A tayanchda reaksiya hosil bo‘ladi. 5.1 – rasm Demak, RA ning ta’sir chizig‘ini chizish bir konsolli balka uchun ta’sir chizig‘i chizishdan farq qilmaydi (5.1b-rasm) BCDE element asosiy balka bo‘lganligi uchun avval Rs tachni reaksiyasining ta’sir chizig‘i. R=1 ko‘chma yukning shu ikki konsolli balka bo‘ylab harakatlanishini ko‘rib chiqamiz va bu hol uchun RC reaksiyasining ta’sir chizig‘ini chizamiz, so‘ngra R=1 yukning ikkinchi darajali balkalar ustida harakatlanish holatini tekshiramiz. R=1 yuk AB element bo‘ylab B sharnirdan chap tomonga uzoqlashsa, RC reaksiyasining qiymati kamayib boradi va u A tayanchning ustiga keladigan RC reaksiyasining qiymati nolga teng bo‘ladi. R=1 ko‘chma yuk AC osma balka bo‘ylab harakatlansa, asosiy balkadagi zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlari to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish chap tomonidagi konsolning oxirigacha davom etadi (5.1 v – rasm). R=1 ko‘chma yuk ikkinchi EK osma balka bo‘ylab o‘ng tomonga harakatlanganda RC reaksiyasining qiymati kamayib borib, yuk K tayanch ustida bo‘lganda nolga teng bo‘ladi. Demak, E sharnir bilan K tayanch orasidagi RC reaksiyasining ta’sir chizig‘i to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘zgarishi sababli, bu kesimlar ostidagi ordinatalarni to‘g‘ri chiziq bilan birlashtirib uni konsol oxirigacha davom ettiramiz (5.1 v – rasm). QC1 ta’sir chizig‘ini qurish (5.1 g – rasm). C1 kesim asosiy balkaning ko‘ndalang kesim bo‘lganligi uchun, avval R=1 yukning asosiy balka bo‘ylab harakatlanishini tekshiramiz. R=1 ko‘chma yuk I – I kesimning chap tomonida bo‘lganda QC1chap=–RD; o‘ng tomonida bo‘lganda esa QC1o‘ng=RC bo‘ladi. Bu chap va o‘ng chiziqlarini chizamiz (5.1 e – rasm). Endi R=1 yukning EK osma balka bo‘ylab harakatlanishini tekshiramiz. R=1 yuk E sharnir ustida bo‘lganda esa QC1o‘ng=YE=0,5; K tayanch ustida bo‘lganda esa QC1o‘ng=0 bo‘ladi. Bu ordinatalarni to‘g‘ri chiziq bilan birlashtirib, uni konsol oxirigacha davom ettiramiz. Download 292.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling