Reja: Ko‘p prolyotli statik aniq balkalarni analitik usulda hisoblash


Download 292.7 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi292.7 Kb.
#1063585
1   2   3   4   5
Bog'liq
KO‘P ORALIQLI STATIK ANIQ BALKALAR

Zo‘riqishlarni hisoblash.
Harakatlanuvchi yuklar ta’sirida bo‘lgan ko‘p oraliqlar statik aniq balkalarni yuqorida oddiy balkalar uchun bayon etilgan usullardagi kabi hisoblanadi.
Buning uchun dastlab zo‘riqishlari aniqlanadigan kesimlar uchun ta’sir chiziqlari quriladi (5.1– rasm).
Misol tariqasida 5.1 – rasmda berilgan balka uchun Rc reaksiyasini Ms1 va Qc1 zo‘riqishlarni hisoblashni ko‘raylik. Buning uchun ta’sir chiziqlari yordamida hisoblash formulasidan (1.6) foydalanamiz



Ko‘p oraliqli statik aniq balkalar
Bir necha oddiy balkalarni bir - biriga sharnirlar yordamida tutashtirilishidan hosil bo‘lgan o‘zgarmas sistema ko‘p prolyotli statik aniq yoki ko‘p prolyotli sharnirli balka deyiladi.
Qurilish amaliyotiga asosan 4.1 – rasm: a, b, va v da ko‘rsatilgan balkalar ko‘p uchraydi:

4.1 – rasm
Bunday balkalar (4.1–rasm a, b va v) statik aniq geometrik o‘zgaruvchi sistemalar bo‘ladi.
Agar ko‘p prolyotli balkadan sharnirlar soni to‘g‘ri olingan bo‘lib ularning joylanishlari noto‘g‘ri bo‘lsa u holda bu balkaning bir qismi statik aniqmas, ikkinchi qismi esa geometrik o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin (4.1g – rasm).
Ko‘p prolyotli statik aniq balkaning geometrik o‘zgarmasligini bilish hamda ishlash holatini tekshirish uchun uning alohida elementlarining o‘zaro bog‘lanishi va ta’sirini ifodalovchi sxema chizish kerak.

4.2 – rasm
Yuqorida keltirilgan sxemalardan sharnirlarni joylashtirish-ning quyidagi qoidasini olish mumkin.

        1. Har bir prolyotda 2 dan ko‘p sharnir joylashtirish mumkin emas;

        2. 2 ta sharnirli prolyot sharnirsiz prolyot bilan almashib keladi;

        3. Bitta prolyotdan tashqari har bir prolyotga bittadan sharnir qo‘yish mumkin.

Ko‘p prolyotli statik aniq balkalarni analitik usulda hisoblash.
Bunday balkalarda tashqi doimiy yuk ta’sirida hosil bo‘ladigan eguvchi moment va ko‘ndalang kuch epyuralarni qurishdan avval balka elementlarining o‘zaro bog‘lanish sxemasini chizib, asosiy va osma balkalar belgilab olinadi. Eguvchi moment va ko‘ndalang kuch epyuralarini qurish osma balkalardan boshlanadi.
Asosiy balkalar uchun eguvchi moment va ko‘ndalang kuch epyuralarini chizishda unga ko‘yilgan tashqi yuklar katorida, uning uchlariga tayangan osma balkalarning tayanch reaksiyalari ham hisobga olinadi.
Asosiy va osma balkaning M va Q epyuralari chizilgandan so‘ng ular bir koordinatalar sistemasiga keltirilib, ko‘p prolyotli balkalarning M(x) va Q(x) epyuralari olinadi. Bunday balkalarni hisoblash usulini quyidagi misolda ko‘ramiz (4.3 – rasm).
Hisob ishlari Sh1Sh2 balkasidan boshlanadi. Bu balkaga mustaqil ravishda M va Q epyuralari quriladi. So‘ngra AB yoki CSh3 balkasi hisoblanadi. AB balkasini hisoblashda Sh1Sh2 balkasidagi q yukining ta’siri Rsh1 reaksiyasi qo‘rinishida hisobga olinadi (4.3 g – rasm). CSh3 balkasini hisoblashda Rsh2 reaksiyasi hisobga olinadi, M va Q epyuralari quriladi. Sh3D balkasini hisoblashda faqat CSh3 osma balkasining reaksiyasi Rsh3 hisobga olinadi. Osma balkalarning ta’siridan reaksiyalar asosiy balkalarga ularning musbat yo‘nalishlarini teskari ishora bilan qo‘yishi orqali hisobga olinadi. Osma balkalarning hisoblari tugagach, asosiy balka hisoblanadi. Hisob oxirida alohida hisoblangan epyuralar umumiy o‘q ustida joylashtiriladi (4.3e i – rasm).

Download 292.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling