Reja: Koreys xalqi taomlari
(2)Kuk, ttang, chchige, chongol (sho’rvalar)
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqkoreys taomlari
(2)Kuk, ttang, chchige, chongol (sho’rvalar)Koreyaliklar odatda sabzavotlar, baliq, go’sht solingan ko’p turdagi sho’rvalarni qaynatilgan guruch bilan birga yeyishadi. Ular masalliq va tayyorlanish usuliga ko’ra 000ttang, 000chige, 000 chongol deya nomlanadi. Pugoguk : Quritilgan mintaydan qaynatib pishirilgan sho’rva. Charchoqni qoldirish va holsizlanishni yo’qotishda yordam beruvchi sho’rva turi. Kongnamul-guk : Loviyaning tomiri uzun qilib o’stirilganidan tayyorlanadigan sho’rva Miyok-guk : Dengiz karamidan solib, qaynatib tayyorlanadigan sho’rva Sollongtang : Molning turli qismlari birga solinib, yaxshilab qaynatiladi va unga pap solib tayyorlanadigan taomdir. Kalbi-ttang : go’shtning qovurg’ali qismlari uzoq vaqt davomida qaynatilib, sho’rva soyasi va tuz solingan qayla va ta’bga ko’ra biror lag’mon turi solinib tayyorlanadi Kamja-ttang(kartoshkali sho’rva) : cho’chqa qovurg’ali go’shti va kartoshka, sabzavotlar bilan qaynatib tayyorlanadigan ovqat. Talkpogim-ttang(qovurilgan tovuq go’shtli ttang) : Tovuq go’shti, sabzavotlarga ziravorlarni aralashtirib qaynatilib tayyorlanadigan ovqat Kimchi-chige(kimchili tchige) : Kimchi va cho’chqa go’shti kabilarni birgalikda qaynatib tayyorlanadigan ovqat Tvenjang-chige(twinjang qaylasi solingan chige) : Tvenjangni o’ziga singdirib olgan suvga tubu, qovoq, qo’ziqorin, bosh piyoz va boshqalarni solib qaynatib tayyorlanadigan ovqat. Pude-chige : Kimchi va kolbasa, turli xil sabzavotlarni birga qaynatib tayyorlanadigan ovqat. Tongte(sengtxe)-tchige : Quritilgan mintay va turp, tubu, qovoq solinib qaynatib tayyorlanadigan baliq sho’rva Nakdji-chongol : To’g’ralgan sakkizoyoq va sabzavotlar, qo’ziqorin solinib yetarlicha qaynatib tayyorlanadigan taom Tubu-chongol : asosiy masalliq tubu bo’lib, piyoz, sabzi, mol go’shti solib qaynatib pishiriladigan taom < Miyok-guk > < Kalbi-ttang > < Tongte (sengtxe)- tchige > Kimchi koreyslarning har ovqatlanishda dasturxondan tushmaydigan eng muhim yegulik bo’lib, mazali ta’m va ozuqalar, saqlanish uslublariga ega. Turp, karam, bodring va boshqa sabzavotlarni tuzlab, unga qalampir, sarimsoqpiyoz, piyoz, imbir, tuzlangan dengiz mahsilotlari va ta’m beruvchi ziravorlar bilan marinadlanib bostirilib qo’yiladi. Undan so’ng belgilangan ma’lum haroratda saqlab, achitmasdan ma’lum vaqt ichida tanovul qilinadi. Qishda karam yetishtirilmasligi sababli, noyabr oxiri dekabr boshlarida uzoq vaqtga yetadigan turli xil kimchilar ko’p miqdorda tayyorlanishi “kimjang” deb ataladi. Kimjang vaqti kerakli miqdorda kimchi tayyorlash uchun yaqinlar bilan birgalikda tayyorlashadi. K imchi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling