Reja: Korxona kadrlari va ularning tarkibi. Mеhnatiga haq to`lash shakllari va tizimlari. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati Mehnatga


Download 0.5 Mb.
bet7/9
Sana20.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1040721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu korxonada mеhnatga haq to`lashni tashkil etish va takomil-fayllar.org

Nominal ish haqi - ishchi va hizmatchilarning vao’t birligi ichida (soat, kun, oy, yil) oladigan ne’matlar va hizmatlar miqdoridir.

Real ish haqi - ma’lum baho darajasida naminal ish haqiga tovarlar va xizmatlar harid qilishi mumkun bo’lgan miqdoridir.
Ular o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud: Ish haqi darajasi bir qancha omillar bo’yicha farq qoladi:
-hodimlar kasbi, malakasi, qobilyati;
-mehnat sharoitlarining og’irligi;
-faoliyatning tarmoq hususiyatlari;
-tabiiy-iqlim sharoitlar va hududiy joylashishi.
Ish haqini tashkil etishning asoslari, quydagilar:
1. Mehnatni tehnikoviy normallashtirish. Ish birligi uchun mehnat haqi to’lovlari miqdorini (bahosini) aniqlashda shunday mehnat narmallari ishlatiladi.
2. Ish haqining tarif sistemasi.
3. Hodimlarni mehnatlari hususiyatini hisobga olgan ish haqisini hisoblash uchun zarur bo’lgan mehnat haqi to’lovlarining shakllari va tizimi.
Tarif sistemasi (tizimi) mehnatning sifati, hususiyati va sharoitlariga bog’liq holda ish haqini difirentsiya qilish va boshqarishning narmativlari majmuasini tashkil etadi. Tarif tizimi uch qisimdan iborat:
1. Tarif-malaka qo’llanmasi
2. Tarif setkasi
3. Tarif stavkasi
Tarif-malaka qo’llanmasi - bu ishlarni tariflarga ajratish va xodimlarga razryadlar berish uchun qo’llaniladigan me’yoriy hujjatdir. Bu hujjat ishlab chiqarishlar va ish turlari bo’yicha guruhlarga ajratilgan xodimlarning barcha kasblari, ishlab chiqarishlar va ish turlari uchun tuzilgan. Tarif - malakalarining tqplamidir. Bu tqplam yordamida turli xil murakkablikdagi ishlar, xodimlar malakasining darajasi taqqoslanadi, baholanadi. TMQ - si barcha turdagi ishlarni razryadlarga ajratish uchun hizmat qiladi.
Tarif setkasi - bu tarif razryadlari va unga mos keladigan tarif koeffitsentlarini qo’rsatadi va ma’lum xildagi ishlarni ma’lum malaka guruhlariga kiritish imkoniyatini beradi. Tarif stavkasi - vao’t birligi ichida turli guruh va kategoriyadagi ishlarga to’lanadigan mehnat xaqining absolyut miqdorini aniqlaydi. Rahbarlik lavozimidagilar, mutaxassislar va hizmatchilar kategoriyasiga kirga xodimlar mehnatini baholash uchun tarif-malaka qo’llanmasi ishlab chiqilgan. Ushbu qo’llanma xodimlar malakasining xarakteri va mehnatning mohiyatiga muvofiq tashkil etilgan. Malakalar tavsiloti bo’yicha qo’llanma 3 qismdan iborat bo’lgan talablarni o’z ichiga oladi: Lavozim bo’yicha majburiyatlar; nimalarni bilishi zarur; malakasiga talablar. Tarif stavkalari va lavozimlarga maoshlar qo’llaniladigan turli xil qo’shimchalar:
• og’ir va zararli ishlar, juda og’ir va juda ham zararli mehnat sharoitlari uchun;
• yuqori darajadagi mehnat intensivligi uchun;
• ish vao’tidan tashqari ishlarga;
• kasblarni almashtirib ishlash va hizmat ko’lamini kengayishi uchun;
• brigadaga rahbarligi uchun;
• yuqori darajadagi kasb malaka mahorati uchun;
• o’ta muhim va o’ta zarur ishlarni bajarish uchun.
Ish xaqini tashkil etishda vao’tbay va donobay ish xaqi shakllari qo’llaniladi. Donobay yoki ishbay ish haqi bajarilgan ishlar miqdori va mehnat birligi bahosiga bog’liq bo’ladi. Bajarilgan ishlarni hisobga olish va normallshtirish mumkin bo’lgan sharoitda qo’llaniladi o’z navbatida u quyidagi turlarda bo’ladi:
• to’g’ridan-to’g’ri bajarilgan ish miqdoriga xaq to’lash;
• ilg’or- ishbay xaq to’lash;
• egri, ishbay va okkord yo’li bilan xaq to’lash. Vao’tbay xaq to’lash haqiqatda ishlangan vao’tga va uning uchun belgilangan tarif stavkasiga asosan xaq to’lashga bog’liq bo’ladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling