"yashirin" iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;
iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Prezidentimiz tomonidan Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning quyidagi vazifalari belgilab berilgan:
Korxonalarda innovatsion menejmentni ikki turga ajratish mumkin:
An’anaviy reproduktiv menejment – korxona faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan resurslardan maksimal foyda olish va ishlab chiqarishni boshqarishga katta e’tibor qraatiladi. Bunda rentabellikni oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mahsulotlar assortimentini kengaytirish bosh maqsad qilib olinadi.
Innovatsion menejment – mavjud boshqaruv usullaridan farq qiladigan yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan rivojlanish yo’lini doimiy izlash orqali boshqarish tushuniladi. Bunda asosiy e'tibor korxonaga kiritilayotgan barcha resurslar (moliyaviy, moddiy, mehnat) innovatsiyalarga qaratilib, korxona faoliyatini doimiy takomillashtirib borishga qaratiladi.
Innovatsion menejment tushunchasi XX asrning
60-70 - yillarida Y. Shumpeter tomonidan fanga kiritilgan. Innovatsion menejment konsepsiyasi deganda, quyidagi ketma-ket jarayonni amalga oshirish tushuniladi:
- Innovatsion mahsulot iste'molchilari tahlili.
- Istiqbolli g’oyalarni izlash.
- Innovatsiyani yaratish va joriy etishni tashkillashtirish.
- Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish.
Innovatsion mexanizmning boshqaruv samaradorligini va oxir-oqibat innovatsion faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydigan muhim elementi – moliyalashtirishdir.
Innovatsiyalarni moliyalashtirishning ikki shakli ajratilad
Do'stlaringiz bilan baham: |