Tannarx deganda mahsulotning bir birligini (kg, dona, litr) ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uni aniqlash uchun xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi. Korxonalarda tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning X – qilingan xarajatlarning summasi; bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori. Korxonalarda mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi: - ishlab chiqarish tannarxi; - to‘liq tannarxi. Reja tannarxi korxonalarda tuziladigan turli rejalarda aks ettiriladi. Bunda, odatda korxonada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot miqdoriga bo’linadi. Korxonalarda xarajatlarni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun: 1) korxonada mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanish; 2) xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini yuksaltirish; 3) Korxonalarda xodimlarning mahsulot tannarxini pasaytirishdan moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish; 4) Korxonaning ixtisoslashuvi va joylashuvini to’g’ri tashkil etish; 5) Korxonalarning boshqa korxonalar bilan o’zaro aloqalarini to’g’ri tashkil etish va hokazo. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |