Reja: Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi
Download 56.89 Kb.
|
KORXONALARDA AYLANMA FONDLARNI SHAKLLANTIRISH MANBALARI, ULARDAN FOYDALANISH HOLATI VA SAMARADORLIGINI TAVSIFLOVCHI KO’RSATKICHLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi.
MAVZU: KORXONALARDA AYLANMA FONDLARNI SHAKLLANTIRISH MANBALARI, ULARDAN FOYDALANISH HOLATI VA SAMARADORLIGINI TAVSIFLOVCHI KO’RSATKICHLAR. REJA: 1. Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. 2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari. 3.Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 4. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari. 1. Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. Korxonalarning fondlari ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishiga yoki foydalanilishiga ko‘ra ishlab chiqarish fondlari hamda noishlab chiqarish fondlaridan tashkil topadi. Ular ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadiganlarga ham bo‘linadi. Masalan, turli texnikalar, binolar mahsulotlarini yetishtirishda bevosita qatnashadi. Chunki ular mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta’sir etadi. Korxonalarning ma’muriy, madaniy va boshqa binolari, omborxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi texnikalar, kompyuterlar va boshqa vositalar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ularning sifatiga bilvosita ta’sir etadi. Lekin ularning mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy mohiyatiga, ya’ni shakllantirilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, asosiy hamda aylanma fondlarga bo‘linadi. Ularning natural holdagi ko‘rinishi asosiy va aylanma vositalar deb ataladi. Asosiy va aylanma fondlar mahsulot ishlab chiqarib, korxonani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ularsiz talabni qondiradigan miqdorda, sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va mablag‘ xarajatlari tejaladi. Demak, asosiy va aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish tufayli korxona iqtisodiyoti rivojlanadi. Shuning uchun bunday vositalarni yaratishga, qurishga, ta’mirlashga, ulardan yaxshi foydalanishga hukumatimiz alohida e’tibor berib kelmoqda. Ishlab chiqarish fondlarining katta qismini asosiy fondlar tashkil etadi. Ularga korxona faoliyatida qatnashadigan barcha mehnat vositalari kiradi. Ular korxonalarning doimiy kapitalini tashkil etadi. Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga mashinalar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar va boshqalar kiradi. Funksional vazifasiga qarab asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlariga bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadigan asosiy vositalar, noishlab chiqarish asosiy fondlariga esa xo‘jalikning klublari, madaniyat saroylari, maktablar, sog‘likni saqlash idoralari, bolalar bog‘chasi, hammom, ombor va hokazolarning asosiy fondlari kiradi. Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o‘ynaydi. Asosiy fondlarning alohida turlari ishlab chiqarish jarayonida bir xilda ishtirok etmaydi. Ulardan ba’zilari ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va mahsulotlarni ko‘paytirishda asosiy omil hisoblanadi. Ularga transport vositalari, texnikalar va hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar korxonalardagi umumiy ovqatlanishga va boshqalarga yo‘naltirilgan vositalardir. Shuning uchun asosiy fondlar ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi va ishlab chiqarishda qatnashmaydiganlarga bo‘linadi. Korxonalar faoliyatida ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi fondlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular asosiy ishlab chiqarish fondlarining 80 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu fondlarga quyidagilar kiradi: binolar va inshootlar; mashina va mexanizmlar; transport vositalari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari; asbob-uskunalar va boshqa shu kabilar. Asosiy fondlar ishlab chiqarishning so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydilar. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. Aktiv fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, transport vositalari, mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan vositalar va boshqalar kiradi. Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydigan binolar, inshootlar, melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha asosiy vositalardan yil davomida to‘liq foydalanishga harakat qilish kerak. Korxonalardagi asosiy fondlarning tarkibi o‘zining moddiy хarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) ishlab chiqarishi asosiy fondlari (imorat, inshootlar, traktorlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va mexanizmlar, mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraхtlar va boshqalar); d) noishlab chiqarish asosiy fondlari (uy-joy kommunal xo‘jaligi, tibbiyot muassasalari, bolalar bog‘chasi, klublar, istirohat bog‘lari, maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va boshqa shu kabilarning vositalari). Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida jismoniy jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy texnikalarning yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Asosiy fondlar amortizatsiyasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki ko’rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga yillar davomida o’tkazib borilishi hisobiga asosiy fondlar qiymatining kamayib borishidir. Shu yo’l bilan sotib olingan yoki qurilgan asosiy vosita qiymati asta-sekin qoplanadi. Agar asosiy vosita sotib olingan yoki qurilgan yilning o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan bo’lsa, mahsulot yoki xizmat tannarxi keskin oshib ketishiga olib keladi. Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi eskirish me’yorlari yordamida aniqlash mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizatsiya summasi deb ataladi. Asosiy vositalarning eskirishini belgilab beruvchi amortizatsiya me’yori asosida ularning eskirish summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunda: As – asosiy vositaning amortizatsiya summasi (ming so‘m); Abq – asosiy vositaning balans qiymati (ming so‘m); An – asosiy vositaning eskirish me’yori, foizda. Asosiy vositalarning eskirish me’yori berilmaganda asosiy vositaning balans qiymatini uning xizmat qilish muddatiga taqsimlash natijasida eskirish summasi aniqlanadi. Xo‘jalikda asosiy vositalar kapital ta’mirlangan bo‘lsa, ushbu summa ularning balans qiymatiga qo‘shiladi. Eskirish summasi yetishtirilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tannarxiga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korxonadagi asosiy vositalar uchun hisoblangan amortizatsiya summalari yig‘ilib amortizatsiya fondini tashkil etadi va u mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash, ishga yaroqli holatda saqlab turish va yangilarini sotib olish maqsadlarida ishlatiladi. Amortizatsiya fondi mablag‘larini belgilangan maqsadlar uchun sarflash, uning boshqa maqsadlarga sarflanishiga yo‘l qo‘maslik lozim. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 306-moddasida amortizatsiyaning cheklangan normalari keltirilgan bo’lib, u quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan. 10.1-jadval. Download 56.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling