Reja: Kurilishning okimli usuli. Yer ishlari xajmini aniklash


Download 181 Kb.
bet2/11
Sana12.03.2023
Hajmi181 Kb.
#1261947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
avta yo`l qurish

Umumlashgan okim tashkiliy ravishda ko‘shilgan bo‘limli okimlardan iborat bo‘lib barcha injenerlik inshoatlari bilan birga kurilishi tugallangan yo‘l bo‘laklarining umumiy yigindisidan iborat bo‘ladi.
Okim davrining davomiyligi (Tokim) birinchi kisim ishiga kirishilgan vaktdan oxirgi kirishilgan kisim ishining tugallanishigacha sarflangan vakt bilan o‘lchanadi. Ish ko‘lami vakti (Tko‘lam) birinchi kisim ishiga kirishilgan paytdan oxirgi kisim ishiga kirishilgan paytgacha bo‘lgan vaktga teng bo‘ladi.
Okimning xamjixatligi (ritm) 2 bajarilishga kirishilgan aloxida okim amalga oshirilish vakti bilan aniklanadi.
Okim jadalligi U ixtisoslashtirilgan okim bilan vakt birligi ichida bajarilgan ish mikdori bo‘lib, u sof ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi, ya’ni ishning almashish davri bajarilgan yer ishi m3, m2 va xokazo.
Texnologik dam olish vakti ttex deb ko‘llaniladigan ashyolarning texnologik xususiyatlaridan kelib chikkan dam olish vaktiga aytiladi. Masalan betonni sergib o‘zini ushlash davri va boshkalar.
Tashkiliy dam olish ttash deb navbatdagi ixtisoslashgan okim uchun ish ko‘lamini tashkil kilishga ketgan vakt.
Yer ishlari.
Yerli asos kurilish me’yori va koidalariga to‘gri keladigan tarkibdagi tuproklar va sun’iy tanlangan ashyolarni tashib keltirish bilan barpo etiladi. Yerli asosni kurish yo‘l kurilish ishlarining tarkibiy kismi bo‘lib u kuyidagilardan iborat bo‘ladi.

  • Yo‘l bo‘laklarini tozalash – yer ishlariga kirishishni dastlabki boskichi.

  • Tuproklarni yumshatish – yo‘l mashinalari ishini yengillatish uchun ko‘shimcha jarayonlar.

  • Burgilash ishlari – tog jinsi muzlama, botkokli tuproklarni portillatish.

  • Yo‘l mashinalari yordamida yo‘l asosini tuprok bilan ko‘tarish yoki uni kirkib olish ishlari.

Yo‘l bo‘laklarini tozalash.Yo‘l kurilishidan oldin uning asosi daraxt, to‘ngak, daraxt koldiklari, katta toshlardan yetarli kenglikda tozalanib ish bajarish va yo‘l kurilish mashinalarini shikastlanishini oldini olish maksadida maydon ajratiladi. Yo‘l asosi uchun o‘zining kengligiga mos keladigan maydon va shunga ko‘shimcha kuriladigan bino, omborxona, zaxira va boshka maksadlar uchun maydonlar ajratiladi.
Yo‘l bo‘lagini tozalash bo‘yicha bir gurux ishlarni bajarish kuyidagi jarayonlardan iborat:

  • Daraxtlarni kesish va ularning to‘ngaklarini chikarish;

  • Daraxt shoxlari va ildiz koldiklarini tozalash;

  • Katta-katta toshlarni chikarish, yigishtirish va ularni yo‘l bo‘lagidan olib tashlash;

  • Tuprokning unumdor katlamini kirkib olish.

Daraxtlarni yikitish usullari ularning nasli va tegishli jixozlarning mavjudligiga karab tanlanadi. Agar daraxt ildizlari chukur ketmagan bo‘lsa, ularni ildizlari bilan yikitish maksadga muvofik bo‘ladi. Agar ildizlari chukur ketgan daraxt nasillari bo‘lsa, ularni oldin kesib yikitiladi va to‘ngak, ildizlar kavlab olinadi. Tomiri bilan yikitish amallari buldozer va kovlagich yordamida bajariladi. Daraxtlarni kesish zanjir moslamali benzin bilan ishlaydigan yurgazgichli «Drujba» yoki «Ural» arralari bilan amalga oshiriladi.
Yerning unumdor katlamini olib tashlash muxim ishlardan xisoblanadi. Chunki u kimmatli tabiat inomi xisoblanadi, shuning uchun u extiyotkorlik bilan kirkib olinib chikindilarni aralashtirmagan xolda tegishli joyga to‘planishi zarur. Bu ishni bajarishda SNiP talablariga to‘la amal kilinishi zarur.
Yer ishlari chizikli va umumlashgan turlarga bo‘linadi. Birinchisida yonbosh (profil) ko‘rinishi beriladi, ya’ni yerli asosga yonbosh kirkim shakli beriladi. Ikkinchisida esa tuprok bilan ko‘tarish, baland joylarini kirkib tashlash ishlari bajariladi. Chizikli shakl berishda greyder, avtogreyder, buldozerlar, umumlashgan shakl berishda ekskovator, skreper, greydor-elevator shuningdek avtogreyder va buldozerlar ishlatiladi. Tuprok ishlarini bajarishdan oldin ariklar kazish yordamida yer asosi kuritiladi, ustidagi bo‘sh yukori katlam olib tashlanadi, drenajlar kurish va boshka tadbirlar amalga oshiriladi. Bu bilan yer asosini ortikcha namlanishi, o‘tirib kolishini oldi olinib mustaxkamligi ortiriladi.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling