Reja: Kurs ishining umumiy tavsifi
Sodda gapning tarkibiy qismlari
Download 67.86 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi to
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gap kengaytiruvchilari.
Sodda gapning tarkibiy qismlari.
Gap kesimini shakllantiruvchi vosita kesimlik kategoriyasi bo`lganligi sababli o`zbek nutqidagi gaplarning tarkibiy qismlarini Shu gap tarkibiga kiruvchi so`zlarning va kesimlik kategoriyasi shakllarining valentligi belgilaydi. Demak, nutqiy gaplardagi ikki hodisani farqlash lozim: gap markazini tashkil etuvchi so`zdagi kesimlik kategoriyasi shakllariga bog`lanuvchi so`zlarni; gapda ishtirok etayotgan ma‘lum bir so`zning ma‘noviy valentligini to`ldirayotgan so`zlarni. Bulardan birinchisi gap kengaytiruvchisi bo`lsa, ikkinchisi so`z kengaytiruvchilaridir. Gap kengaytiruvchilari. Gap kengaytiruvchilari gap tarkibida ma‘lum bir bo`lak vazifasida kelayotgan so`zlarning lug`aviy ma‘nosi bilan emas, balki gapning kesimini shakllantirgan morfologik vositalarga bog`lanadi. Masalan: Biz bu kitobni kecha o`qidik gapini olaylik. Bu gapda ega (biz), aniqlovchi (bu), hol (kecha) va kesim (o`qidik) ishtirok etgan. Gap markazi (o`qidik)ni lug`aviy ma‘noni anglatuvchi (W) va kesimlik qo`shimchalariga (Pm) ajratamiz: o`qi -(W); - dik (Pm). Gapdagi biz (ega) kesimlik kategoriyasi shaklining -k qismiga, kecha (hol) esa -di qismiga bog`langan. Kitobni so`zi (to`ldiruvchi) kesimning lug`aviy ma‘no anglatuvchi qismiga, bu (aniqlovchi) esa kitobni so`ziga bog`lanmoqda. Buni Chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin: o`qi + di + k kitobni kecha biz bu Demak, gapning kesimi tarkibidagi kesimlik qo`shimchalariga tobelangan kecha (hol) va biz (ega) so`zlari gap kengaytiruvchilaridir. Berilgan gapdagi kesimlik qo`shimchalarini almashtirsak, uning birikuvchilari ham o`zgaradi. Biroq o`qidik kesimining lug`aviy ma’no anglatuvchi qismi bo`lgan o`qi so`zining istalgan boshqa fe‘l (yoz, chiz, ol, ber) bilan almashtirilib, -dik qismi saqlab qolinsa, biz ega, kecha hol vazifasida qolaveradi. Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo`shimchalari tarkibidagi shaxs-son, hol esa zamon, modallik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog`lanadi. Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so`zga tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe birliklarning umumiy - faqat bir so`zga tobelanish, lekin birdan ortiq so`zga hokim mavqeyida bo`la olish xususiyatini (qonuniyatini) namoyon qiladi. Download 67.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling