Reja: Kurs ishining umumiy tavsifi


Download 67.86 Kb.
bet2/13
Sana07.04.2023
Hajmi67.86 Kb.
#1339582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi to

I.BOB. GAP SINTAKSISI.
Fikr tushunchalarsiz bo`lmagani kabi gapning ham asosida, avvalo, so`z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo`laklari va so`z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan bir sifatida qaraladi. Gap bo`laklari turli mustaqil so`z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo`lagi uchun ma‘lum bir so`z turkumi ko`proq xoslangan bo`ladi - semantik va grammatik xossalari bilan ma‘lum bir gap bo`lagi vazifasiga mos so`zlar bor. Masalan, «Kesim vazifasida kelish uchun ko`proq fe‘l xoslangan»(I.I. MeshChaninov.) Ega, to`ldiruvchi vazifasiga, asosan, ot va ot vazifasidagi so`zlar keladi. Bu so`z turkumlarining umumiy ma‘noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko`proq tobe bo`lak (ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelvchi vosita bo`lgan kelishik qo`shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko`proq fe‘l kelganligi bois kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg`otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko`proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida Shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so`z turkumi muayyan gap bo`lagi vazifasiga ko`proq hoslangan bo`lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so`zlari ham kelaverganligi kabi, ma‘lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so`zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bulagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo`lmagan asos vazifasini o`taydi.
Gapni so`z, so`z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko`rsatgich - kesimlik qo`shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O`qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o`qituvchi, ishla) dan mahrum etilsa, bu o`z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl - (-dim) qoladi. So`z birikmasida Shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so`z, SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tushum kelishiklari ravishdagi qo`shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to`ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat‘iy va xususiy bo`lsa, «kelay», «oʻqituvchiman» kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish Shunchalik qat‘iy va xususiydir.
Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi uning bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo`ladigan murakkab tabiatga egaligidir. Aniqrog`i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi - shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir. O`qidim gapida kesimlik shakli maxsus ko`rsatgichlarga ega bo`lsa, Bu yer shahar gapida u nol shakllidir. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli ma‘nolari anglashilib turibdi.
Morfologik shakllardan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakllargina gap qurilishiga daxldor bo`lib, ulardan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga tegishlidir. Chunki, kesimlik kategoriyasiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligi kesimlik qo`shimchalari» tarzidadir. Aloqa-munosabatning boshqa shakllari (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so`zlarni bog`lash uchungina xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi.
Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri uning tugallangan ohangga ega bo`lishidir. Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo`lmagan nutqiy hodisa (so`z, SB) larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo`lmagan ohangga ega bo`lishidir. Masalan: 1.Kelgan o`quvchi. 2.Kelgan-o`quvchi. Bu nutqiy hodisalarning birinchisida ohang ko`tariluvchi, ikkinchisida esa tuShuvchidir. Ko`rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo`lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo`lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o`xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma‘nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangandir. Bir so`zning o`zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. qiyoslang:1.qish. 2.qish ...
Demak, so`z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo`lib, gap tusiga kiradi. Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tiplarini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol sifatida bir so`zni olaylik. qiyoslang:
A‘lochi. A’lochi! A’lochi? A’lochi?! A’lochi. !?
Ma‘lum bo`ladiki, bu so`zning atov birligimi yoki gap, gap bo`lsa, qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko`rsatmoqda. So`z yoki SB atov birligi sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning tiplarini farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko`rsatmoqda. Voy, jonim! gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra tiplari (darak, so`roq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko`ra turlarini belgilashda, leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo`lishi shart.
Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. Men shaharga boramanmi? Men shaharga boray. Bu gaplarda so`zlovchining maqsadi turlicha bo`lganligi bois, ular turlicha shakllangan va gapning darak, so`roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohanggiga ega bo`lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo`lganda ham ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo`lsa-da,
so`zlovchining maqsadi va ohanggi har doim muvofiq bo`ladi.
Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo`lishi mumkin. Masalan, Shaharga boraman! Gapida darak bilan so`zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan». Ohang qo`shma gap tarkibiy qismlarini bog`lashda ham namoyon bo`ladi. Ko`pincha u grammatik vositalar o`rnini bosish darajasiga ko`tariladi: Biz ishonamiz - ko`nglimiz to`q. Bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog`lovchi vazifasida qo`llangan.
Gap bo`laklari orasidagi munosabatni ko`rsatishda ham ohang muhim rol o`ynaydi. Men - men, Sen - sen gaplarida gap bo`lak (ega-kesim) larini farqlashda va ular orasidagi munasabatni ko`rsatishda ham ohang hal qiluvchi rol o`ynaydi. YOki: Salim, ukam o`qishga kirdi va Salim ukam o`qishga kirdi gaplarida Salim so`zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og`zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi.
Gapning sintagmalarga bo`linishi va aktual bo`linish hodisalarda ham ohangning roli katta.
Ohangning sintaksisdagi ahamiyatini bundan-da kengroq bayon qilish mumkin. Tilshunoslikdagi bu muammo bilan nutqiy sintaksisning bir yo`nalishi bo`lgan sintaktik fonetika Shug`ullanadi.
Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1.Gap nisbiy tugal fikr anglatadi.
2. Gap grammatik shakllangan bo`ladi.
3.Tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo`ladi.
4.Axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi.




    1. Download 67.86 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling