Reja: Leksema shakl va ma’no unsuridan iborat sistema sifatida. Lug‘aviy qator


Download 180.5 Kb.
bet1/8
Sana07.02.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1176079
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MA\'RUZA HOAT 2-OLIY (1)


5-ma’ruza: Leksemaning semantik ko‘lami. O‘zbek tilida leksik-semantik munosabatlar. O‘zbek tili leksikasi tasnifi
Reja:

  1. Leksema – shakl va ma’no unsuridan iborat sistema sifatida. Lug‘aviy qator.

  2. O‘zbek tilida paradigmatik munosabatlar. Sinonimiya.

  3. O‘zbеk tili lеksikasi tasnifi turlari:

    1. Leksemalar o‘zlashgan-o‘zlashmaganligiga ko‘ra tasnifi.

    2. Leksemalarning qo‘llanishiga ko‘ra tasnifi.

    3. Ifodaviylik va uslubiy xoslanganlik jihatdan o‘zbek tili leksikasi.

Tayanch so‘z va iboralar: morfema, sonema, leksema, semema, qo‘llanishi chеgaralanmagan leksema, sinonimiya.





  1. Leksema – shakl va ma’no unsuridan iborat sistema sifatida. Lug‘aviy qator.



Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema грек тилидан morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir.
Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, leksema ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo‘lmasligi lozim. Chunki u to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladigan deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi.
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema грекча σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksema so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Семема ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema – leksemaning ichki jihati.



Mantiqiy mushohada uchun


1.Hamma uchun so‘zlar orasida eng e’tiborlisi bitta. Bu qaysi so‘z?
2.Bir so‘z barcha tillarga tarjima qilib aytilar edi. 1994-yildan keyin tarjima qilinmay qo‘llanadigan bo‘ldi. Bu qaysi so‘z?



Sememaning xususiyatlari. Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema yo‘q. Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslash asosida amin bo‘lishimiz mumkin:
Yuz – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi”.
bet – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”.
Кo‘rinadiki, birinchi sememadagi “uslubiy betaraf” unsuri ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi “so‘zlashuv uslubiga xos” unsuri birinchi sememada yo‘q.
Agar semema aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson mavjud deyishga asos bo‘ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‘z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaydi.
Har qanday butunlik bo‘lakdan tashkil topganligi kabi, semema ham o‘ziga xos tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, leksema butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil topadi.
Sememada bir tarkibiy qismi almashtirilishi bilan u butunlay boshqa sememaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, “davriy bo‘lmagan” ma’no bo‘lakchasini “davriy bo‘lgan” ma’no bo‘lakchasiga almashtirsak, u o‘z-o‘zidan jurnal leksemasining sememasi bo‘lib qoladi.
Leksemaning sememasini aniqlashda u sinonimik qatorda tekshiriladi. Deylik, yuz leksemasi sememasi ochilayotganda, u bet, aft, chehra, oraz, turq, bashara va hokazo leksema qurshovida o‘rganiladi. Кelmoq leksemasi sememasini bormoq, ketmoq va boshqa leksemalar sememalarisiz aniqlab bo‘lmaydi.
Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi:
a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);
b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga).
O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:
a) ho‘l mevaning bir turi;
b) shu mevaning quritilgani;
d) shu mevani beradigan daraxt.
Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya (nomutanosiblik) hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‘rinadi.
Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling