Reja: Leksema shakl va ma’no unsuridan iborat sistema sifatida. Lug‘aviy qator


Download 180.5 Kb.
bet8/8
Sana07.02.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1176079
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MA\'RUZA HOAT 2-OLIY (1)

Bo‘yoqsiz leksika. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi leksemaning ko‘pchiligi so‘zlovchining hissiy munosabatini ifodalovchi bo‘yoqdan xoli bo‘ladi. Bunday birlik bo‘yoqsiz leksema. Masalan, bor, yo‘q, katta, mazali, daryo, urmoq, chiroyli, tez, husn kabi leksemalar borliq hodisalarini boricha aks ettiradi va unga so‘zlovchining munosabatini ifodalamaydi. Boshqacha aytganda, bo‘yoqsiz leksemaning kishi hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda semalari nol darajada bo‘ladi. Biroq bu leksemaning bo‘yoqsizligi nisbiy, ya’ni faqat lisonda. Nutqda har qanday bo‘yoqsiz leksema ham bo‘yoq kasb etishi mumkin. Masalan, katta leksemasining lisoniy mohiyati – sememasi bo‘yoqsiz. Biroq u nutqda boshqa nolug‘aviy tajallilar bilan qorishib, bo‘yoq kasb etadi. Dengiz k-a-tta edi gapida fonetik tajalli ta’sirida katta leksemasi bo‘yoqdor nutqiy birlikka aylangan.
Bo‘yoqdor leksika. Bunday leksemaning kishi hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda semasi bo‘rtib turadi: ulkan, badnafs, qiltiriq, oniy, tashrif, oraz, yovqur, mahliqo, badbashara va h.
Bo‘yoqdor leksemaning ifodaviyligi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra bo‘yoqdor leksemalar ijobiy bo‘yoqdor leksema va salbiy bo‘yoqdor leksemaga bo‘linadi.
Ijobiy bo‘yoqdor leksema so‘zlovchining borliq hodisasiga ijobiy munosabatini ifodalaydi va ular sememalarida tegishli ifoda semalari ijobiy bo‘ladi. Misollar: 1.Onam deganimda, oqsoch, jafokash munis va mehribon chehrang bo‘lar namoyon (G‘.G‘ul.). 2. U hamisha kulib, jilmayib turadigan mehribon chehrani ko‘rmadi (M.Ism.). 3. Orazin yopqoch, ko‘zimdan sochilur har lahza yosh (Nav.)
Salbiy bo‘yoqdor leksema borliq hodisasiga so‘zlovchining salbiy munosabatini ifodalaydi va ular sememasida salbiy munosabatni ifodalovchi sema bo‘rtib turadi. Misollar: 1. So‘ngra yakkam-dukkam iflos tishlarini yashirgan og‘zini katta ochib esnadi, go‘yo uning butun badburush yuzini og‘iz qopladi (Oyb.) 2. U bir ko‘ngli borib, muttaham qozining tumshugiga tushirgisi, yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M.Ism.)
Ijobiy bo‘yoqdor leksema nutqda salbiy bo‘yoqdor leksema o‘rnida voqelanishi mumkin. 1. Jamolingizni (“basharangizni ma’nosida) boshqa ko‘rmay! 2. Rosa xursand qildingiz (“xafa qildingiz ma’nosida).
Leksemaning ijobiy va salbiy bo‘yog‘ini ijobiy va salbiy ma’nodan farqlash kerak. Masalan, yaxshi leksemasi ijobiy ma’noga ega, ammo uning ifoda semasi bo‘yoqdorlikni ko‘rsatmaydi, ya’ni u bo‘yoqsizdir. xunuk salbiy ma’noga ega bo‘yoqsiz leksema.



Glossariy


o‘z qatlam – tilga boshqa tillardan o‘zlashmagan qatlam


qo‘llanishi chegaralangan leksika – qo‘llanishi hudud, davr yoki soha bilan cheklangan leksika
arxaik leksika – o‘rnini boshqa leksemalarga bo‘shatib bergan leksika
tarixiy leksika – ifodalanmishi bilan birga iste’moldan chiqqan leksemalar
bo‘yoqdor leksika – ifoda semasi ustuvor leksika
bo‘yoqsiz leksika – ifoda semasi ustuvor bo‘lmagan leksika



Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


1.O‘zbek tili leksikasi tasnifi turlari haqida gapiring.


2.O‘zlashma qatlam nima? Misol keltiring.
3.O‘z qatlam leksemalari haqida gapiring.
4.Qo‘llanishi chegaralangan leksemalar haqida gapiring.
5.Qo‘llanishi chegaralanmagan leksemalar haqida gapiring.
6.Leksik-semantik va leksik-shakliy munosabatlar qanday farqlanadi?
7.Leksik-semantik munosabatlar o‘z ichiga qaysi munosabatlarni oladi?
8.Sinonimik qatorda farqlovchi belgi qanda semadan iborat bo‘ladi?
9.Sinonimik qatorning antonimik juftlikka munosabati qanday?
10.Darajalanish va sinonimiya munosabatini oydinlashtiring,
11.Darajalanish va sinonimiya ko‘lamini farqlang.
12.Uyadoshlik munosabati nima va u qanday lug‘atlarda aks etadi?

Foydalanilgan adabiyotlar


Asosiy adabiyotlar:

  1. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

  2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zME, 2013.

  3. Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. (Kirish. Fonetik sath. Leksik-semantik sath.) Darslik. – Toshkent: Tafakkur bo’stoni, 2018.

  4. Lutfullayeva D., Davlatova R., Saparniyozova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar: O’quv qo’llanma. – T.:Iqtisod-Moliya, 2018. – 280 b.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистан, 2017.

  2. Мирзиёев Ш.М. Конун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш — юрт тараққиёти ва халк фаровонлигининг гарови. - Тошкент: Ўзбекистан, 2017.

  3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

  4. Mahmudov N., Nurmonov A. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: O’qituvchi, 1995.

  5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasioligiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.

  6. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.

  7. 11. Раҳимов С., Умурқулов Б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 2003.

  8. Zamonaviy o’zbek tili. Morfologiya. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so’z, 2008.

  9. Zamonaviy o’zbek tili. Sintaksis. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so’z, 2013.

  10. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Fan, 2013.

  11. Maxmaraimova Sh. Hozirgi o‘zbek tili. Leksikologiya. -T.: FIRDAVS-SHOH. 2021.

Internet saytlari
1. http://www.ziyonet
2. http://www.thinsan.com
3.http://www.literature.uz
4. http://www. genhis philol.ru.
5. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism.
6. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html.
Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling