Reja: Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Lichinka xordalilarning sistematikasi. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar


Download 0.57 Mb.
bet5/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza matn

Sinf: Assidiyalar (Ascidiae). Assidiyalar yakka va koloniya holda hayot kechiradigan formalari mavjud. Ko’pchiligi o’troq holda yashaydi, ayrimlari erkin suzuvchi kolonial formalari mavjud. Yakka holda yashovchi vakkillari bitta turkumni tashkil etib, o’lchami 50-sm yorqin rangi bilan ajralib turadi. Murakkab tuzilganlari koloniyani hosil qiladi (Zooidlar). Ikkinchi turkum erkin suzib yuruvchi kolonial formasi perazomlar (Pyrosomata) (3-turkum). Yer sharining barcha dengizlarida uchraydi.
Haqiqiy salplarga yaqin bo’lgan bochyonochkalarda metagenez murakkab kechadi. Urug’langan tuxumdan dumli lichinka chiqadi, u rivojlanib jinssiz indvidni hosil qiladi (Gastrozoitlar). U oziqlanish va nafas olish funktsiyasini bajaradi, xuddi jinssiz individ singari. Jinssiz individlar lateral yirik (gasterozoidlar) va medial (forozoidlar)dir. Uchinchi generatsiyasi gonozoidlar deb ataladi, undan jinsiy individ hosil bo’lib germofradit jinsiy bezi bo’ladi. Tropik va subtropik dengizlarda uchraydi.
Assidiyaning rivojlanashi.
Urug’langan tuxum to’la va bir tekisda bo’linadi, hamda gastrula davriga aylanadi. So’ngra embrion bo’yiga cho’ziladi va asta sekin rivojlanib har-xil organlar,ya’ni xordalilarga xos bo’lgan markaziy nerv sistemasiyuzaga keladi. So’ngra birlamchi ichakning ustki tomonida xorda xosil bo’ladi.
Tananing oldingi tomonida esa og’iz teshigi vujudga keladi. Lichinkasi muskulli dumi yordamida suvda suzadi. Dum ichida xaqiqiy xorda bo’ladi. Xorda ustida markaziy nerv sistemasi joylashgan. Lichinkada ko’rish va muvozanat saqlash organi(statotsist) ham mavjud .
Jabra yoriqlari ham birn nechta bo’ladi. Astsidiya lichinkasi xordalildarga xos bo’lgan hamma xarakterli belgilarga xos.
Astsidiya lichinkasi tuxumdan chiqqandan so’ng bir necha soat o’tgandan so’ng bir sutka davomida maxsus o’simta (so’rg’ichlari) yordamida suv ostida substratga yopishib metamarfozni boshidan kechiradi.
Lichinka dumi, dumidagi muskuli, xordasi, markaziy nerv sistemasi ko’p qismi butunlay yo’qolib ketadi. Nerv sistemasining qolgan qismi zichlashib nerv tuguniga aylanadi, sezgi organlari yo’qoladi.
Lichinkalikda shakllangan tunika tez o’sadi. Halqum va orqa ichak ochiladigan arterial bo’shliq kattalashadi. Jabra teshiklar soni ortadi.
Og’iz va anal teshigi yuqoriga joylashadi. Natijada harakatchan lichinka harakat qilmay bir joyda yashaydigan qopsimon assidiyaga aylanadi va tunika bilan o’ralib oladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling