Reja: Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Lichinka xordalilarning sistematikasi. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar


Download 0.57 Mb.
bet6/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza matn

Sinf: Salplar (Salpae). Salplar erkin suzuvchi pilagik hayot tarzidan iborat. Tana shakli bodring yoki bochkaga o’xshaydi. Keng og’iz teshigi tananing oldingi tomonida joylashgan, kloaka teshigi tananing keyingi tomonida. Butun tana yupa qobiq-tunika bilan qoplangan. Uning ichki tomonida muskul boylamlari mavjud bo’lib, uning qisqarishi tufayli suvni hayvon kloakaga tomon itaradi va haydaydi. Xalqum bo’shlig’i katta, asosiy organlari tananing keyingi qismiga joylashgan bo’lib, yakka va koloniya formalari mavjud.
Ko’payishi asosan jinssiz (kurtaklanish) va jinsiy avlodlarning gallanishi (metagenez) kuzatiladi. Jinssiz yakka salpda tananing orqa tomonida o’simtasi bo’lib, (stolon) undan qiz jinsiy avlod hosil bo’lib, u halqasimon koloniyani hosil qiladi. Tuzilishi ona formaga o’xshash, lekin tanasi kichik, har birida tuxumdon va urug’don bo’lib, tuxum va spermatazoidlar har-xil vaqtda yetiladi. Urug’langan tuxumdan ona organizm hosil bo’ladi, undan jinssiz yosh indvid hosil bo’ladi, u o’sib stolon hosil qiladi va nasl yana takrorlanadi.


5-rasm. Salpning tuzilish sxemasi:
1 - ichak; 2 - kloaka: 3- jabra; 4 - gangliy; 5 - ko'z; 6- og'iz, 7 - endostil,
8- halqum; 9- stolon 10 - yurak 11 - qizilo’ngach,
12 - hazm bezi, 13 - oshqozon.
Haqiqiy salplarga yaqin bo’lgan bochyonochkalarda metagenez murakkab kechadi. Urug’langan tuxumdan dumli lichinka chiqadi, u rivojlanib jinssiz indvidni hosil qiladi (Gastrozoitlar). U oziqlanish va nafas olish funktsiyasini bajaradi, xuddi jinssiz individ singari. Jinssiz individlar lateral yirik (gasterozoidlar) va medial (forozoidlar)dir. Uchinchi generatsiyasi gonozoidlar deb ataladi, undan jinsiy individ hosil bo’lib germofradit jinsiy bezi bo’ladi. Tropik va subtropik dengizlarda uchraydi.
Salplar sinfiga bitta Haqiqiv salplar (Desmomyaries) turkumi va 25 ta tur kiradi.
Haqiqiy salplar turkumi ayrim turlarining uzunligi 5-15 sm bo'ladi.
Salplar sinñ vakillari asosan issiq dengiz suvlarida pelagik hayot kechiradi va 200-300 m chuqurlikda yashaydi. MDH dagi dengizlarga salplar faqat Tinch okeanidan o'tadi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling