Reja: Liderga qo’yiladigan zamonaviy talablar


Download 34.85 Kb.
bet1/8
Sana11.02.2023
Hajmi34.85 Kb.
#1189934
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tashkilot madaniyati tushunchasi va mohiyati


Tashkilot madaniyati tushunchasi va mohiyati

Reja:
1. Liderga qo’yiladigan zamonaviy talablar.


2. Yetakchilik qilish uslubi va funksiyalari.
3. Madaniyat, tashkilot, korporativ madaniyat.
4.Tashkiliy madaniyat: uning kelib chiqishi, tashkil etilishi va rivojlantirishning o’ziga xosligi.
5.Tashkiliy madaniyatdagi qadriyatlar va xodimlarning xulq – atvori.
6.Madaniyatlarning tashkiliy xulqqa ko’rsatadigan ta’siri.


1. Liderga qo’yiladigan zamonaviy talablar.
Taraqqiyot ehtiyoji inson va jamiyat tabiyati uchun xos xususiyatlardan sanaladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonda inson omili, shaxs taraqqiyoti masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada Ta’lim to’g’risidagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha qilinayotgan ijobiy ishlar fikrimiz dalilidir. Yurtboshimiz I.A.Karimov inson omili muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’qidlab, uni ilmiy asoslangan yaxlit konsepsiya tarzida jamoatchilik e’tiboriga qo’ydi.
Prezidentimiz Islom Karimov mazkur konsepsiya mohiyatini “Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir”, deya mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrdagi asosiy yo’nalishini belgilab berdi. Konsepsiyada asosiy fikr – davlat va jamiyat tarmoqlarini birlashtiruvchi kuch milliy g’oya ekanligi alohida qayd etildi.
Milliy g’oya ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining harakatlantiruvchi vositasi – subyektiv omilni, inson omilini faollashtirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’kidlagan milliy boyliklar qatorida, ya’ni mamlakatimizning bitmas-tuganmas yer usti, yer osti boyliklaridan tashqari noyob boylik millatimizning ma’naviy mulkiga bo’lgan munosabat ustuvor siyosatga aylandi. Millatning ma’naviy mulki esa mamlakat taraqqiyotining subyektiv jihatlarini tashkil etadi.
Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig’ilishida so’zlagan nutqida jamiyatning faol shaxsi obrazini deputatlarga berilgan sharhi orqali tushuntirib berdi. Deputat yoki faol shaxs qanday bo’lishi kerak? Uning ijtimoiy-individual, ma’naviy qiyofasi nimalarda ifodalanishi joiz: u yetakchilik missiyasini qanday bajara oladi? Mazkur savol zamirida XXI asrga dadil yuzlangan O’zbekiston faol shaxsning diniy, ijtimoiy faolligining obyektiv hamda subyektiv jihatlari majmuidir. Faol shaxs portretida qayd etilgan obyektiv jihatlar rahbar oldiga davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan ijtimoiy, ma’naviy talablar majmuini ifoda etadi. Shu bois faol shaxs portretining obyektiv jihatlari quyidagilardan iborat:
- mustaqil fikrlash salohiyatiga egalik, xalq va davlat manfaatlari bilan uyg’unlasha olishi;
- mamlakatning strategik yo’liga sadoqat, zamon bilan hamnafas bo’lishi;
- mas’uliyatli va chuqur bilimga ega bo’lishi;
- Vatanni chin dildan sevishini namoyon etib turishi;
- jadal o’zgarayotgan dunyoning xarakatlantiruvchi kuchlarini teran anglashi, ijtimoiy voqelik jarayonlarini oldindan ko’ra bilishi.
Ijtimoiy faollikning subyektiv jihatlari rahbar yoki ijtimoiy faol shaxsning jamiyat oldidagi burch hamda vazifalarini dildan his etishi, o’z-o’zini ijtimoiy-ma’naviy anglashi, buyuk maqsadlar, bunyodkorlik ishlariga qalban tayyorgarlik darajalarini ifoda etadi. Shu boisdan ham faol shaxs portretining subyektiv jihatlari quyidagichadir:
- o’z qadr-qimmatini bilish (shundagina u boshqalarni hurmat qiladi), o’z mustaqil so’ziga ega bo’lish, boshlagan ishiga vijdonan yondasha olish;
- mehr-oqibatli bo’lish;
- erishilgan natijalarga shukronalik, ertangi kunga komil ishonchda bo’lish; “Kecha kim edigu, bugun kimmiz?” savolini umummilliy va individual tarzda o’z-o’ziga berib, unga javob topa bilish;
- qat’iyatlilik;
- boshqalarga ibrat, namuna bo’lib, maqsad yo’lida o’z ortidan o’zgalarni ergashtira olish;
- hayot va faoliyatda oqilona yondashuv ruhiga ega bo’la olish;
- Vatan, xalq manfaatlari yo’lida o’zaro birlashishga o’zi va boshqalarni safarbar eta olish;
- me’yorni ushlay bilish odatiga ega bo’lish (yolg’on va’dalar bermaslik, o’z so’zining ustidan chiqish);
- uyg’unlik nazariyasi, ya’ni “Biz evolyusiya tarafdorlarimiz, faqat bu yangilanishlar ijtimoiy munosabatlar va turmush tarzining o’zgarishi, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi darkor”.
Jamiyatning ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy hayotini muvofiqlashtirish barcha jamiyatlarga xosdir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida umummilliy “Fuqaro tarbiyasi” dasturi asosida 4 yoshdan boshlab to, shaxs vafotiga qadar uzluksiz mafkuraviy ta’sir o’tkazib kelinadi. Mazkur dastur asosida aholi turli qatlamlari uchun maxsus va maqsadli faoliyat tashkil etilgan. Bunday yondashuvning ma’lum shakllari Yevropa mamlakatlari iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy turmush tarzida ham namoyon bo’lmoqda. Tabiiyki, O’zbekiston boshqalar andozasi bilan ish tutmaydi, o’zimizga xos va mos milliy taraqqiyot yo’limiz bor. Prezidentimiz asos solgan mazkur yo’lni har tomonlama mustahkamlash vazifasi jamiyatimizning har bir a’zosi uchun muqaddas ishga aylanishi milliy taraqqiyotimiz, modernizatsiya va islohotlardan kutilayotgan natijalar garovidir.


Download 34.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling