Dt «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi» 133177
Dt «Тo`lanadigan foizlar» 166823
Kt «Pul mablag`lari» 300000
Lizinga olingan uskuna uchun eskirish hisoblanib, oy yakuniga ko`ra buxgal-teriya hisobida aks ettirilganda:
Dt «Asosiy ishlab chiqarish» 17664
Kt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy
vositalarning eskirishi» 17664
Lizinga olingan asosiy vositaning qoldiq qiymatidan yillik 3,5 % mulk solig`i hisoblanib, chorak yakuniga ko`ra buxgalteriya hisobida aks ettirilganda:
[(1109810 – (17664 x 3) x (3,5 % x _1 ) ] : 100 % = 9247 so`m
4
Dt «Davr xarajatlari» 9247
Kt «Mulk soliği bo`yicha majburiyat» 9247
Ikkinchi yilning boshiga majburiyatlarning uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o`tkazilishiga quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi rasmiylash-tiriladi:
Dt «Тo`lanadigan uzoq muddatli ijara» 186842
Kt «Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qism» 186842
Kelgusi yillar uchun ham shartnoma muddati tugagunga qadar shunga o`xshash buxgalteriya yozuvlari qilib boriladi. Shartnoma muddati tugab, lizinga olingan asosiy vosita lizinga oluvchining mulkiga aylantirilsa, unda bu xo`jalik muoma-lasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijaraga olingan uskunaning kafolatlangan qoldiq qiymati o`tkazib berilganda:
Dt «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism» 50000
Kt «Pul mablag`lari» 50000
b) uskunalarning dastlabki qiymatiga
Dt «Uskunalar» 1109810
Kt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy
vositalar» 1109810
v) shu kungacha hisoblangan eskirish summasiga
Dt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy
vositalarning eskirishi» 1059810
Kt «Uskunalarning eskirishi» 1059810
Ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirish summasi quyidagi hisob-kitob asosida yuzaga keldi
(1109810 - 50000 ) = 1059810 so`m
Agar ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga olingan asosiy vosita mulk egasiga qaytarilsa, bu xo`jalik muomalasi ijarachi korxonada quyidagi tartibda buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |