Kreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish.
Ijaraning bu usulida avvalgi usullardan farqli o`laroq ijara muno-sabatlarida 3 tomon ishtirok etadi:
ijarachi;
ijaraga beruvchi yoki ulushlik ishtirokchi;
kredit beruvchi tashkilot
Ijarachi nuqtai nazaridan kreditli ijara bilan boshqa ijara turlari orasida hech kanday farq yuq. Ijaraga beruvchi esa aktivlarni ijara kelishuvi shartlari bo`yicha sotib oladi va bu xaridning bir qismini investitsiya sifatida o`z ulushidan to`laydi, aytaylik, 20% (shundan "ulushli ishtirokchi» degan nom pay-do bo`lgan). Qolgan 80% esa uzoq muddatli kreditlash majburiyatini olayotgan moliya tashkiloti yoki tashkilotlari tomonidan qoplanadi. Kredit summasi asosan aktivlarning garovi, ijara va ijara haqi to`g`risidagi kelishuv orqali ta`min-lanadi.
Ijaraga beruvchi haqdor hisoblanadi va aktivlarning egasi sifatida ijarachidan bu xildagi ijara bilan bog`liq hamma to`lovlarni ushlab qolish huquqiga ega.
Yer va binolarni ijaraga olishning xususiyatlari.
Yerni ijaraga olish.
Odatda yerni ijaraga olish mohiyati jihatidan joriy ijaradir, chunki erni ishlatish muddati chegaralanmagan. Agar ijara sotib olish yoki erga egalik qilish huquqini berishni ko`zda tutsa, unda bunday xo`jalik muomalasi mohiyati bo`yicha muddatini uzaytirib sotish deb hisoblanadi va ijara kapitalizatsiyalashtirilishi lozim. Agar ijaraga olingan mulkning bozor qiymati ichida er narxi 25% dan pastni tashkil etsa, bunday xo`jalik muomalasi asbob-uskuna ijarasi sifatida qaraladi. Agar erning narxi 25% dan yuqoriroq bo`lsa, unda erning ijarasi alohida hisobga olinishi lozim.
Ijaraga olingan binolar (inshootlar) asosan lizing shartnomasida ko`zda tutilgan muddatdan ancha ko`proq xizmat qilishlari mumkin. Bundan tashqari bino va inshootlarning uzoq muddatli ijarasi ijara to`lovlariga bozordagi holatdan kelib chiqib, tuzatishlar kiritib borishni ko`zda tutadi. Bu holatlarda lizinga beruvchida ijaraga berilgan aktivlar bilan bog`liq barcha yo`qotishlar va rag`-batlantirish huquqi saqlanib qoladi. Shunga ko`ra bunday ijara joriy ijara deb tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |