Mavzu: Lizing, uning turlari va iqtisodiy axamiyati, lizing shartnomasi tuzish tartibi.
Reja:
Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.
Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.
Lizingning turlari
Lizing muomalalarini yoritish
Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.
Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat:
Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir.
Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas:
er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari;
intellektual mulk natijalari.
Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |