Reja: Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi
Download 30.04 Kb.
|
Lizing, uning turlari va iqtisodiy axamiyati, lizing shartnomasi tuzish tartibi
Lizingning kamchiliklari:
yuqori darajadagi foiz to`lovlarini belgilanishi; mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo`lgan paytida topish mumkin bo`ladi deb kafolat berib bo`lmaydi; belgilangan foiz stavkalari qatьiy bo`lganligi uchun bank krediti foiz-lari ko`tarilganda asosiy vositani lizinga bergan tomon daromadi kama-yishi yoki zarar ko`rishi mumkin. Lizingning turlariLizinga beruvchiga lizinga oluvchi tomonidan xarajatlarni qoplab berish va mulk huquqini o`tkazish shartlariga ko`ra lizingning quyidagi turlari mavjud: moliyalashtiriladigan lizing; joriy lizing. «Ijara hisobi» deb nomlangan 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartiga ko`ra «moliyalashtiriladigan ijara» - bu shundayin ijaraki, unda aktivlarga egalik qilish huquqi bilan bog`liq bo`lgan barcha tavakkalchilik va rag`-batlantirishlar o`zga tomonga o`tkaziladi. Lizing shartnomasi muddati tamom bo`lgach, lizing ob`ekti, agar shartnomada boshqa holatlar ko`zda tutilmagan bo`lsa, lizinga oluvchining mulkiga aylanadi. Egalik huquqi bilan bog`liq bo`lgan hech qanday tavakkalchilik va rag`batlan-tirishlar keltirmaydigan ijara «joriy ijara» deb ataladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq quyidagi shart-lardan biriga mos keladigan ijara moliyaviy hisoblanadi: ijara muddati tugagach, aktivlarga egalik qilish huquqi ijarachiga o`tka-ziladi; ijara aktivlarni bozor narxidan pastroq narxda xarid qilish imkoniya-tini beradi ; ijara muddati aktivning foydali ishlatish muddatining ko`proq qismini tashkil etadi (tavsiyaga ko`ra 80 % dan ortig`ini) ; ijara boshida joriy minimal ijara to`lovlari ijaraga olingan mulkning ijaraning boshlanish sanasida bozor narxidan katta yoki unga teng bo`ladi; Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga ko`ra yuqorida keltirilgan mezonlardan tashqari qo`shimcha quyidagi shartlar kiritilgan: ijara muddati 12 oydan oshishi lozim. ijara muddati tugashi sanasida ijara ob`ektlarining qoldiq qiymati ijara boshlanishidagi qiymatining 20 % idan kamini tashkil etadi. lizingning butun muddati davomidagi to`lovlarning joriy qiymati ijara ob`ekti qiymatining 90 % idan ortiq bo`lishi lozim. Download 30.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling