Reja: Lizing tushunchasi va uning yuzaga k
LIZING ОpЕRATSIYALARI TURLARI VA SHAKLLARI
Download 395.06 Kb.
|
1508142053 69348
4. LIZING ОpЕRATSIYALARI TURLARI VA SHAKLLARILlizing оpеratsiyalari qo‘shma lizing, moliyaviy lizing, bo‘linma lizing, guruhli (aksiyadorlik) lizing, operativ lizing kabi turlarga ajratiladi. Qo‘shma lizing – lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shart nomasi yuzasidan javobgar bo‘lib qolgan holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan obyektini lizing beruvchining yozma roziligidir. Moliyaviy lizing – unda mulkka xizmat ko‘rsatish va sug‘urtalash lizing oluvchi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi hamda shartnomaning muddatidan avval bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma muddati tugagach, foydalanuvchi mulkni sotib olishi, kelishuvni imtiyozli shartlarda yangilashi yoki munosabatlarni to‘xtatishi mumkin. Moliyaviy lizing quyidagi turlarga bo‘linadi: Bo‘linma lizing – asosiy maqsadi bir necha kredit tashkilotlarini yirik lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun birlashtirish hisoblanadi. U lizing beruvchining bitta yoki bir necha kreditordan lizing mulkining 80 % qiymati miqdorida uzoq muddatli qarz olishni ko‘zda tutadi. Bunda lizing beruvchi-qarzdor ssudaning to‘liq va bir vaqtning o‘zida qaytarilishi uchun javobgar bo‘lmaydi, chunki ssuda qarz beruvchi tomonidan lizing to‘lovlari hisobiga to‘lanadi. Guruhli (aksiyadorlik) lizingda lizing beruvchi rolini mulkni ishlab chiqaruvchi firmalari bilan banklar (lizing kompaniyalari) kooperatsiyasi bajaradi. Bunda ishlab chiqaruvchilar hamkorlarni izlab topish va lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatishni, lizing kompaniyasi esa loyihalarning tashkiliy qismini ishlab chiqishni, ma’muriy masalalarni hal qilishni, maslahat xizmatlari ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi. Moliyaviy lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: shartnomaning muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluv-chining mulkiga o‘tadi; shartnoma muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 % idan ortiq bo‘ladi yoki shartnoma muddati tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kamini tashkil etadi; lizing oluvchi obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki shart noma muddati tugaganida aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega; lizing shartnomasi davridagi to‘lovlarning umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 % idan ortiq. Lizing obyekti lizing oluvchi bala nsida hisobga olinadi. Operativ lizing shartnoma muddati mulkning xizmat qilish mudda tidan kam ekanligi bilan ajralib turadi. Shartnoma amal qilish muddati davomida lizing beruvchi faqat mulk qiymatining bir qisminigina to‘laydi. Bu holda mulkning qoldiq qiymati yuqori bo‘ladi va lizing beruvchi ushbu qiymatni qoplash uchun bir necha bor foydalanishga topshirishiga to‘g‘ri keladi. Agar lizing shartnomasida ko‘rsatilgan talablardan birortasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizingning bunday turi operativ lizing hisoblanadi. Operativ lizingni amalga oshirish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Lizing obyekti lizing beruvchi balansida hisoblanadi Bevosita – lizing beruvchi sifatida mulkni ishlab chiqaruvchi korxo na ishtirok etadi va o‘z mulkini mustaqil ravishda lizing oluvchiga topshiradi. Bilvosita – mulkni vositachi orqali lizingga berishni ko‘zda tutadi, ya’ni uch tomonlama klassik bitim imzolanadi yoki ishtirokchilar soni 4–7 kishi bo‘lgan ko‘p tomonlama bitim tuziladi. Qaytma – mohiyati shundan iboratki, ishlab chiqaruvchi mulkni lizing kompaniyasiga sotadi, kompaniya esa o‘z navbatida mulkni xuddi shu korxonaning o‘ziga ijaraga beradi, ya’ni mulk ishlab chiqaruvchi va lizing oluvchi yagona huquqiy shaxs hisoblanadi. Mazkur lizing turi moliyaviy holati qiyin bo‘lgan korxonalar uchun qiziqish uyg‘otadi. 4.1-jadval Lizing оpеratsiyalari turlari
Download 395.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling