Reja: Logistika tushunchasi


Download 49.9 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi49.9 Kb.
#1127999
  1   2   3


15.Mavzu: Ombordagi logistika jarayonining tuzilishi.




REJA:

  1. Logistika tushunchasi.

  2. Asosiy logistika operatsiyalarining muvofiqligi.





  1. Logistika tushunchasi.

Logistika fani - moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini joriy manbayidan to iste’mol sohasigacha bo‘lgan harakatini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, optimallashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi fandir. Logistika sohasidagi faoliyat ko‘p qirralidir. U transport, ombor xo‘jaligi, zaxiralar, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari, tijorat faoliyati va ko‘plab boshqalarni tashkil etishni qamrab oladi. Sanalgan vazifalarning har biri tegishli soha fanida chuqur o‘rganilgan va bayon etilgan. Logistik yondashuvning prinsipial yangiligi yuqorida sanalgan faoliyat sohalarining maromli tashkil etilgan yengil boshqaruluvini va yuqori samarali material o‘tkazuvchi tizimlarini yaratish maqsadidagi uzviy bog‘liqligini ta’minlash hisoblanadi. Logistik tarzda tashkil etilgan tizimlar an’anaviy material o‘tkazuvchi tizimlardan xuddi zamonaviy avtomobil XX asr boshlaridagi avtomobildan farq qilgani kabi farq qiladi. Logistikaning nazariy fan sifatidagi maqsadi xuddi shunday tizimlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi qonuniyatlarini o‘rganishdir. Logistikaning amaliy faoliyat tarzidagi maqsadi esa ushbu tizimlarni yaratish va ularning amal qilishini ta’minlash hisoblanadi. “Logistika” grekcha atama bo‘lib, hisoblash va fikrlash san’ati degan ma’noni bildiradi. Logistika nisbatan yangi fan bo‘lib, u oqim jarayonini, ya’ni moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini o‘rganadi. Demak, logistikaning obyekti bu oqimdir.
Xo‘jalik yuritish va iqtisodiy tizimlardagi logistikaning obyekti deganda, tovar-moddiy resurslarning fizik harakati va u bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslar va axborotlarning maqsadli harakati tushuniladi.


  1. Download 49.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling