4.Suv, bug’, elektr energiya normalari, transport aloqalari va qurilish uchun joy tanlash
Kimyo sanoatida xomashyo omillarini hisobga olganda: zamonaviy
korxona va majmualaming ishlab chiqarish ko'lamiga; xomashyolami
almashtirish mumkinligiga, demak, xomashyo manbalariga; ayrim
xomashyolami kam masofadan tashib keltirish yoki umuman tashib
keltirmaslik; kimyoviy mahsulotlarning iqtisodiy ko'rsatkichlarini
xomashyo ba’zasidan iqtisodiy bog'liqligiga e’tibor berish kerak.
Energetik omillar. Kimyoviy korxonalami joylashtirishda yoqilg'i
va elektr energiyasi sarfining mahsulot ishlab chiqarishga ta'sirini va
ularni konsentratsiyasini yirik va arzon yoqilg'i va gidroelektrenergiya
resurslari joylashgan joylarda, hududlarda joylashtirish iqtisodiy
maqsadga muvofiqligini aniqlaydilar.
Kimyo sanoatining asosiy tarmoqlari (sintetik kauchuk, kimyoviy
tola, organik sintez mahsulotlarj, mineral o‘g‘itlar, plastmassa va
boshqalar) katta yoqilg‘i va elektroenergiya sarfiyotlarini talab qiladi.
Kimyoviy ishlab chiqarishning energetik omillari bir qator sanoat
tarmoqlarini joylashtirish joylarini aniqlaydi.
Suv omili. Kimyo sanoatini to‘g‘ri joylashtirishda korxonalami yaxshi
sifatli suv bilan ta’minlash va katta miqaorda hosil bo‘lgan oqova suvlarni
tashlab yuborish va chiqindilami qayta ishlash masalasini oqilona yechish
katta iqtisodiy va texnik ahamiyatga ega.
Suv resurslari mamlakatimizda juda notekis taqsimlangan. Ulami
o‘rnini bosish uchun juda yirik va qimmatbaho inshootlami qurish
kerak. Suv tanqis yerlarda u juda katta qiymatga ega bo‘lib, uni jiddiy
taqsimlashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun katta miqdorda suv talab
qiladigan kimyo korxonalari uchun suv manbalarini tanlash umuman
iqtisodiy tumanda suv resurslarining holati bilan aniqlanadi. Bu
yo‘nalishning buzilishi tuman xo'jaligiga katta ziyon yetkazishi mumkin
va kimyo korxonasini ekspluatatsiyasini qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |