Reja: Loyihalash vazifasini va korxonalarni loyihalashda ishchi chizmalarni tayyorlash tartibi
Download 26.99 Kb.
|
Mustaqil ish 6m21 magistr
Iste’mol qilish omili. Ma'lum tumanlarda ko'pincha ishlatiladigan
ko‘p tonnali mahsulotlarni ishlab chiqaradigan kimyo sanoatining ayrimlariga ayniqsa, mineral o‘g‘it, shina va rezina texnika buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar ko‘proq tegishlidir. Transport omili. Ishlab chiqarish va iste’mol qilish manzillariga xomashyo, materiallar, yoqiIg‘i tashish ishlarini hajmini va tannarxini aniqlashdan iborat bo'ladi. Korxonani qurish masalasida mahsulot tannarxida transport xarajatlarini kamaytirish ko‘zda tutilishi kerak. Mehnat omili. Tumanmng mehnat resurslari va kimyo korxonasida mehnatkashlaming yuqori turmush darajasi ta’minlanganligi bilan aniqlanadi. Bu esa kimyo sanoati joylashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, aholi zich joylashgan rayonlarda o‘ta sermehnat kimyoviy korxonalami xalaqit bermaydigan boshqa omillar bo‘lmasa joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ikkinchidan, kam mehnat sarflanadigan ayrim ishlab chiqarishlarni yangi o'zlashtirilayotgan hududlarda yoki ishchilar zaxiralari yetishmaydigan hududlarda, iloji bo‘lsa boshqa tumanlardan ishchi zaxiralarini taklif qilish bilan bog‘liq ioylarda joylashtirish imkoniyatini aniqlab ko‘rish kerak. Uchinchidan, kimyo ishlab chiqarishlarida xotin-qizlarni mashg'ul qilish katta imkoniyatlari borligini hisobga olib, ayrim tumanlarda erkaklar bilan xotin-qizlarni mashg‘ulligini to‘la taxminlash imkoniyati yaratiladi. Biroq, fosfor o‘g‘itlar, xrom va ftor tuzlari ishlab chiqarishda xotinqizlar mehnati chegaralanganligi unutmaslik kerak. Vaqt omili. Loyihalash, qurilish ishlarini aniq reja asosida tashkil qilib va m ehnatni m aterial ham da moliyaviy m ablag‘ tejab foydalanilishini hisobga olib, korxonani quwatini to'la o‘zlashtirib, qisqa vaqt ichida ishga tushirish kabi vaqtdan yutish vaqt omillaridir. Vaqt omihni baholashda tegishli quwatga ega bo‘lgan qurilish manbai, tumanni xo‘jalik nuqtayi nazaridan o‘zlashtirilganligi, bo‘sh ishchi kuchlari zaxiralarining, uy-joy zaxirasining, transport aloqalarining mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu sharoitlardan to‘g‘ri foydalanilganda korxonani tez va arzon qurish mumkin bo'ladi. Vaqt omilini iqtisodiy va texnik sharoitlarida qurish va bo‘lajak korxonani ekspluatatsiya qilish nuqtayi nazaridan birgalikda ko‘rib chiqish kerak. Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling