Reja: Loyihalash vazifasini va korxonalarni loyihalashda ishchi chizmalarni tayyorlash tartibi


Korxonalarni rekontruksiya qilish, unumdorligini oshirish usullari


Download 26.99 Kb.
bet2/8
Sana02.02.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1146313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish 6m21 magistr

2.Korxonalarni rekontruksiya qilish, unumdorligini oshirish usullari

Sanoat korxonasini, bino yoki inshootlami loyihalash topshirigfida


quyidagilar koirsatiladi:
1) korxona, bino yoki inshoot nomi;
2) loyihalash uchun asoslar. Korxona loyihasini kelajak yil qurilishlari
uchun qidiruv va Joyihalash titul ro'yxatiga kiritishganda loyihalash
uchun tarmoq vazirligi bilan Vazirlar Mahkamasi kelishilgan tarmoqni
rivojlanishi va joylashtirish sxemasida belgilangan tartibda tasdiqlangan
texnik-iqtisodiy hisob asos bo'lib hisoblanadi;
3) qurilish uchun (korxonani joylashadigan joyini va maydonchani
tarilash aktiga muvofiq oldindan kelishilgan hamda materiallari
tasdiqlangan TIA - asoslovchi hujjat) tuman, joy va maydon;
4) ishlab chiqarish quwati va asosiy tur mahsulotlarning turlari;
5) korxonaning ishlash tartibi;
6) ishlab chiqarish va xo'jalikga oid ishlar uyushmasi, shu jumladan
korxonaning sanoat tugunida joylashish uyushmasi to‘g‘risida qaror;
7) atrof-muhit himoyasi va ishlab chiqarish chiqindilaridan
foydalanish;
8) uy-joy obyektlarini va madaniy-maishiy qurilishni loyihalash
uchun ma'lumotlar;
9) asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Loyihada asosiy texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlar belgilovchi-taxminiy qiymat kapital mablag‘lar
hajmi loyiha-smeta mulohazasi asosida tarmoqni rivojlanish va
joylashtirish sxemasida yoki tasdiqlangan TIA ma’lumotlariga erishish
kerak. Loyihani ishlashda bu ko‘rsatkichlar bundan pastga tushib
ketmasligi kerak;
10) qurilish muddatlarini mo‘ljallanishi (davom ettirish normalariga
mos ravishda), uni amalga oshirish tartibi va quwatlarini, ishga solish
majmuida navbatma-navbat amalga oshiriladi;
11) maqbul yechimni tanlash uchun loyiha variantlarini yoki uning
qismlari ishlanmasi bo‘yicha talablar;
12) loyihalashning bosqichlari;
13) korxona bosh loyihalovchi. Bosh loyihalash instituti korxonaning
bosh loyihalovchisi, unga korxonani loyihalashni loyihalash va kapital
qurilish boshqarmasi topshiradi. Topshiriqda institut nomi va adresi
ko‘rsatiladi;
14) qurilish tashkilotining nomi va adresi-bosh pudratchi, bosh
pudratchiga pudrat usuli bilan ishni olib borish topshiriladi;
15) tuman loyihalash tashkiloti bilan kelishilgan kelishuv hujjati
mavjudligi;
16) qo‘shimcha ko'rsatmalar. Loyihalash topshirig'i zarur bo‘lgan
hollarda quyidagi qo‘shimcha sharoitlami oldindan aytib qo‘yiladi;
avtomatlashgan tizim boshqaruvini ishlash, mo'ljallangan korxonani
kengaytirish, asosiy texnologik jarayonlar, jihozlar va boshqalar.
Loyihalash topshirig‘iga maydonni tanlash bo‘yicha tasdiqlangan
akt qo‘yiladi. Maydonni tanlashga aktdan tashqari loyihalash topshirig'i
birga qo‘yiladi, hokimiyat tomonidan tuzilgan me’moriy-rejalashtirilgan
topshirig‘ida uchastkaga binolar qurishga, bosh ko‘chaga chiqadigan
tor ko‘chalarga, qizil liniyalarga va rejalashtirish belgilariga va shahar
muhandislik inshootlariga yaqinlashtirish sharoitlariga va joylariga,
etajlarning balandligiga va bino hamda inshootlarni rasmiylashtirish;
tanlangan yer uchastkasidagi asosiy texnik ma’lumotlar ega qurilish
pasporti; loyihalanayotgan korxona yoki inshoot ta’minoti, muhandislik
setlari va kommunikatsiyalariga ulush bo'yicha texnik shartlar; mavjud
qurilgan binolar, yer osti inshootlari, kommunikatsiya bo'yicha
ma'lumotlar; loyihalash uchun zarur materiallar; ajratiladigan yoqiig'i
turlari bo‘yicha, xomashyo konlari bo'yicha va yarim zavod sharoitida
xomashyoni sinash bo'yicha, jihozlar bo‘yicha ma'lumotlar, yangi
texnologik jarayonlar va jihozlar barpo etish bilan bog‘liq bajarilgan
ilmiy-tadqiqot bo'yicha hisobotlar; suv havzalari, atmosfera havosi va
yerlari tabiiy holati bo‘yicha Davlat nazorati xizmatidan olingan
ma’lumotlar, uchastkalarda mavjud qurilish binolari, inshootlari, yer
osti va yer usti kommunikatsiyalar o‘lchamlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.



Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling