Reja: Lutfiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot


G‘azal, tuyuq haqida nazariy ma’lumot


Download 59.94 Kb.
bet6/7
Sana09.04.2023
Hajmi59.94 Kb.
#1346375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hamida zirovatova

G‘azal, tuyuq haqida nazariy ma’lumot
G ‘azal ( arabcha so ‘z bo‘lib,uning ma’nosi «oshiqona so ‘z» yoki «xotin-qizlar bilan yoqimli muomalada bo‘lish»)-sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. «G‘azal» atamasi datslab VIII-IX asrlarda arab she’riyatida paydo bo‘lgan.So ‘ng O ‘rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o ‘tib,X asrda forsiy adabiyotga,XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan.Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan.Lekin 21,hatto 27 bayt g ‘azal namunasi ham uchraydi.G ‘azal aa,ba,va,ga,da va h.k. tarzda qofiyalanadi,boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi.Ilk bayti matla’ yoki mabda’, oxirgisi maqta’ deb ataladi.Agar ikkinchi baytning misralari ham o ‘zaro qofiyalansa,zebi matla’ yoki husni matla’ deyiladi.G‘azalning paydo bo ‘lishi va rivojlanishi musiqa san’ati bilan chambarchas bog‘liq.Dastlab g ‘azalga taxallus qo ‘yilmagan,bu keyinchalik an’anaga aylangan.
G‘azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo‘lsa-da,keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy,falsafiy-axlloqiy,pand-nasihat va hajviy g ‘azallar yuzaga keldi.
G‘azal tuzilishiga ko ‘ra, 4 mustaqil turga ajraladi:
1.Mustaqil baytdan tuzilgan g‘azal-har bir baytdagi alohida-alohida mazmun yaxlit holda bunday g ‘azalning g ‘oyaviy mundarijasini tashkil etadi.Bunday g‘azallar ko ‘p mavzuli bo ‘ladi. Mustaqil baytdan tuzilgan g‘azallarga bir paytlar «parokanda» so ‘zi adabiy atama sifatida qo ‘llangan.Bu so‘zning lug‘aviy mazmuniga oid «to ‘zg ‘itilgan», «tartibsiz» ma’nolari mustaqil baytdan tuzilgan g‘azal xususiyatlariga begonadir.Navoiy oldingi g‘azalnavislar uslubidagi ba’zi xususiyatlarni tanqid qiladi.G‘azllarning kompozitsiya jihatdan parokanda («birv bayt mazmuni visol bahorida», «yana bir firoq xazonida» shaklida yaratilishi Navoiyni qanoatlantirmaydi.U yakpona g‘azalni ma’qul ko‘rgan.
2.Yakpora g‘azal-har bir baytining mazmuni o ‘zidan oldingi va keying baytlarga izchil bog ‘langan g ‘azal.Yakpora g‘azalning mazmuni matla’da ko ‘tarilgan bir mavzuni izchil yoritish jarayonida vujudga keladi.Misollar: Alisher Navoiy «Qora ko‘zum», «Kecha kelgumdur debon…», «Ne navo soz aylagay bulbul guliston judo», «Lolazor emaski,ohimdin jahonga tushdi o‘t», «Do‘stlar ,ahli zamondin mehr umidini tutmangiz» va boshqalar.

Download 59.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling