Reja: Lutfiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot
« Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu…» g‘azali
Download 59.94 Kb.
|
Hamida zirovatova
« Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu…» g‘azali
Ayyoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldirkim: Charog‘ tubi-qorong‘u. Tuturmen ko‘zki,ko‘rsam orazingni,- Ki derlar: Oqqan ariqqa oqar su(v). Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, Kishining ko‘zidur,ore,tarozu. Ko‘zing qonimdin iymanmas,ajabtur,- Ki:Qo‘rqar,qaydakim qon ko‘rsa hindu. Tilar vaslingni,Lutfiy,qil ijobat,- Ki ayturlar:Tiloganni –tilogu. Lutfiy –yozma adabiyot vakili.Biroq so‘z san’ati tarixidan yaxshi bilamizki,dastlab og‘zaki adabiyot yuzaga kelgan.Yozma adabiyot ana shu folklore zaminida paydo bo‘lgan.Shuning uchun o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyotini xalq og‘zaki ijodi ta’siridan ayri holda tasavvur qilish also mumkin emas. Bu g ‘azalni muallif o ‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan.Har bir baytda shoir bittadan maqol qo ‘llaydi.Maqollar har bir baytda go ‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbotdek keltiriladi.Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi.Bunda shoir avval beshta bir-biriga qofiyadosh so ‘z bilan tugaydigan maqol topgan.Shu tariqa g ‘azal besh baytdan iborat qilib bitilgan. G‘azal hazaji musaddasi mahzuf,ya’ni «mafoiylun-mafoiylun-faulun» vaznida yozilgan.Taqte’si: V---/V---/V--. Matla-nihoyatda go ‘zal.U Lutfiyga xos lutf bilan qog ‘ozga tushgan: har lahza soching oyog ‘ing ostiga tushadi,shuning uchun maqolda aytilganidek, «Chirog ‘ tubi-qorong ‘u».Bu yerda yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib,yonib turgan chiroqqa qiyoslanyapti.Baytda keltirilgan maqol-juda mashhur.Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatilmagani uchun bu maqol kam qo‘llanadi.Holbuki,sham yoqilganda kuzating,rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi,shuning uchun u yer qorong ‘i bo’ladi. Baytdagi «gisu» so ‘zi sochni anglatadi.Tasvirlanishicha,yorning sochi har doim oyog ‘ining tubiga tushib turadi.Ikkinchi satrda maqol keltirish orqali shoir yorni zimdan tik turgan shamga o ‘xshatyapti.Shoir yorning sochini ana shu qorong‘ulikka o‘xshatyapti.Maqolning kuchi bilan baytda ifoda ixchamligiga,shu bilan birga,badiiy jozibaga erishilgan. Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) ko ‘rishga ko ‘z tutayotganini aytadi,axir,maqol bor-ku: «Oqqan ariqqa oqar su (v)».Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi.Faqat endi u «Oqqan daryo oqaveradi» shaklini olgan. «Oqqan ariqqa oqar suv» maqoli,asosan,umidvorlik ma’nosida qo‘llaniladi.Baytda u aynan shu vazifani o ‘tagan.Bu maqol lirik qahramonning «tuturmen ko‘z» degan fikriga mantiqiy asos sifatida kelgan: axir,ariqqa suv oqqanmi-yana oqadi. Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi.Shoir uni: «Oy bilan Kun (Quyosh) dan ham ortiq»,-deb ta’riflaydi,chunki «Kishining yuzi-tarozi» degan maqol bor-ku. Bu yerda ham maqol lirik qahramon birinchi satrda aytgan fikrning tasdig‘i sifatida qo ‘llangan.Chunki birinchi misrada mubolag ‘a qilinyapti.Bu gapimga shubha qilmanglar,demoqchi shoir,kishining ko‘zi-tarozi,ya’ni u to‘g‘ri o‘lchaydi,adashtirmaydi. Shu tariqa to‘rinchi baytda tasvir yuzdan ko ‘zga o‘tib oladi.Lirik qahramon yor ko ‘zi oshiq qonidan iymanmayotgani,ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanadi.Chunki,axir «Hindi qayda qon ko ‘rsa,qo‘rqadi» degan maqol bor edi-ku! Bu yerda ochiqdan ochiq «ko ‘zing-hindi»so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqargan.Aksari hindlarning ko ‘zlari qop-qora bo‘lishiga ishora qilingan. Lutfiyning dardi-yor vasliga yetish,yoridan shu niyatini amalga oshirishini,ya’ni ijobat qilishini so ‘raydi.Sababi-u «Tiloganni tilogu»,ya’ni «Tilagan kishi tilagiga yetadi» degan maqolga tayangan. Ko‘rinib turganidek,asarda boshidan oxirigacha irsoli masal qo ‘llash san’atidan mahorat bilan foydalangan.Buning badiiy-estetik jozibasi bor.Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha maqolni topib,ularni ustalik bilan qo ‘llashi shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi. Maqollar amalda g ‘azaldagi asosiy ma’no yo‘nalishini boshqarib turibdi. Download 59.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling