Reja: Lutfiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot


Lutfiy she’riyatidan namunalar


Download 59.94 Kb.
bet5/7
Sana09.04.2023
Hajmi59.94 Kb.
#1346375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hamida zirovatova

Lutfiy she’riyatidan namunalar
«Tortadur» g‘azali
Ko ‘rgali la’ling aqiqin ko ‘nglum ul yon tortadur,
Bu yamon andishaliqni go ‘iyo qon tortadur.

Dod ko ‘zungdinki,dinga necha yuz ursam,meni


Kufr sori sehr ila ul nomusulmon tortadur.

Olida jon tortadurman,to magar tushg ‘ay qabul,


Bir nazar qilmas bu miskin sorikim,jon tortadur.

Xoki poyekim,anga zulfi tegar ko ‘p istaram,


Yo meni tuproq,yo rizqi parishon tortadur.

Mayl etar o ‘z jinsig ‘a har jins o ‘zini lojaram,


Beli sori ul kamandi anbarafshon tortadur.

Qoshlari yosin quloqqa yetkura tortar ko ‘zi,


Ikki yoni masti lo ‘yaqi ne oson tortadur.

Yo ‘q turur yolg ‘uz bu Lutfiy jonig ‘a javri raqib,


Qayda bir dono durur,ul javri nodon tortadur.
«Jononima ayting» g ‘azali
Jonim chiqadur dard ila,jononima ayting,
Men xasta gado holini,sultonima ayting.

O ‘rtanmagu ko ‘z yoshi-yu o ‘lmak turur ishim,


Bu qissani ul shami shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog ‘ladi qon g ‘uncha mengizliq,


Bu dardi dilimni guli xandonma ayting.

Qon yoshim erur yuz uza yulduz kibi sonsiz,


Ul ko ‘zlari cho ‘lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafgor tilar hajr eliding dod,


Ahvolini u begima-u xonima ayting.
«Agar sen bo‘lmasang…»
Agar sen bo ‘lmasang, guldek chamanda
Kishi netgay o ‘shal baytul hazanda?

Falak yulduz kibi xublarni yig‘sa,


Yuzung bo‘lg‘ay quyosh ul anjumanda.

Aqiq irning qoshinda nozuk ermas,


Ne yaxshilik bor ul asli Yamanda?

Qilur qon g ‘amzasi ko ‘zlarni bog ‘lab,


Halol o ‘lsunki,sehr aylar bu fanda.

Labing qandini so‘ray desam,aytur:


«Ayo ko ‘rdungmu solmish ko‘zni qanda?»

Sochingdin chun o ‘g ‘urlar mushk xushbo ‘y,


Qilurlar band-band oni Xo‘tanda.

Tishing injusini to ko ‘rdi Lutfiy,


Topilmas yoshidek bir dur Adanda.

Qit’alar
To ‘nga sig ‘masmen farahdin gul kabi,
Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang ‘a.
Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim
Shukrlillahkim,kelur bir-bir mang ‘a.

Sheva ul sarvi ravondin xush turur,


Noz o‘shul joni jahondin xush turur.
Men sevarmen,ul meni sevmas,darig‘
Bu sevishmak ikki yondin xush turur.
Tuyuqlar
Ey ko ‘ngul,yorsiz sango ne bor,bor,
Qaydakim ul zulfi anbar bor,bor.
Chek jafo-yu javr-u nozi borini,
Bir kun o‘lg‘aykim,degaydur: bor-bor.

Ko ‘z yoshim tuproq ila gar qotila,


Kelmagayman javridin,haqqo,tila.
G ‘amzasi o‘ltirdi-yu,ul bexabar,
Men agar o‘lsam,ne g‘am ul qotila.

Ko ‘ngluma har yonki boqsam,dog‘i bor,


Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor.

Charxi kajraftor eliding yozamen,


Chiqmadim hijron qishindin yoza men,
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.

Download 59.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling