Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar
Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar.
tominlari informatika vositalarining rivojlanishi bilan bir-biriga yaqinlashib bormoqda. EHMda ishlatiladigan axborot protsedurali va deklarativga ajratiladi [2-4]. Protsedurali axborot masalani yechish jarayonida bajariladigan dasturlarda moddiylashtirilgan, deklarativ axborot - bu dasturlar ishlatadigan ma’lumotlarda moddiylashtirilgan bo’ladi. EHMda axborotlarni tasvirlashning standart shakli mashina s o ’zi hisoblanadi. Mashina so’zi mazkur EHM turi uchun aniqlangan ikkilik razryadlar - bitlardan tashkil topgan. Ammo bir qator hollarda mashina so’zi baytlar deb nomlangan 8ta ikkilik razryadlar bo’yicha guruhlarga ajratilmoqda. Hozirda mavjud ko’pgina EHMlarda axborotni mashina so’zining ixtiyoriy razryadlar to’plamidan bir bitgacha olish mumkin. Ko’pgina EHMlarda ikki yoki undan ortiq mashina so’zlarini katta uzunlikdagi bitta so’zga birlashtirish mumkin. EHM strukturasining rivojlanishi bilan parallel ravishda ma’lumotlarni tasvirlash uchun axborot strukturalarning rivojlanishi sodir bo’ldi. M a’lumotlarni vektor va matritsa ko’rinishida tavsiflash usullari paydo bo’ldi, ro’yxat va iyerarxik strukturalar vujudga keldi. Hozirda yuqori darajali dasturlash tillarida abstrakt m a ’lumotlar turlari qo’llanilmoqda. Ularning strukturasi dasturchi tomonidan beriladi. M a’lumotlar bazasi(MB)ning paydo bo’lishi deklarativ axborotlar bilan ishlash bo’yicha yana bir ilgari qadam bo’ldi. MBda bir vaqtning o’zida katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin, MBni boshqarish tizimlarini tashkil etuvchi maxsus vositalar esa ma’lumotlarni samarali manipulyasiya qilishga, kerak bo’lganda bazadan ma’lumotlarni olish va ularni kerakli tartibda bazaga yozishga imkon beradi. IT sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi bilan protsedurali va deklarativ axborotlarning ko’pgina xusuiyatlarini o’zida birlashtirgan bilimlar konsepsiyasi vujudga keldi. EHMda bilimlar ma’lumotlar kabi belgili ko’rinishda - formulalar, matnlar, fayllar, axborot massivlar va sh.k. ko’rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun bilimlarni maxsus shaklda tashkil etilgan ma’lumotlar deyish mumkin. Lekin bu juda tor tushuncha bo’lardi. Shu bilan birga sun’iy intellekt (SI) tizimlarida bilimlarni shakllantirish va qayta ishlash tadqiqotlarning asosiy obyekti hisoblanadi. Bilimlar bazasi MB bilan bir qatorda SI dasturiy kompleksining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. SI algoritmlarini ifodalaydigan mashinalar bilimlarga asoslangan mashinalar deyiladi, SI nazariyasining ekspert tizimlarni qurish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi bilimlar injineriyasi deyiladi. 2. Bilimlarning tiplari va bilim larni sinflash S.I.Ojegov «Rus tili slovarida» [5] bilimni - «haqiqiylikni ong bilan anglash (fahmlash, tushunish, payqash) va «qandaydir sohada ma’lumotlar, bilishlar majmui» kabi izohlaydi. Ushbi ishda PrSdagi bilimlarning quyidagi turlari keltirilgan: deklarativli, pragmatikli, protsedurali, evristikli, exspertli. 75 Yuqorida keltirilgan bilimlarning izohlarini hisobga olib, ularni ikkita: obyektiv va subyektiv (inson bilimlari) bilimlarga ajratish mumkin [1]. Obyektiv bilimlar aniq obyekt yoki obyektlar sinfini (narsalar, jarayonlar, hodisalar va h.k.) tavsiflash bilan bo’g’liq. Metabilimlar esa tabiyat, jamiyat va fikrlashning umumiy tushunchalari, prinsiplari va qonuniyatlarni tvsiflaydi. Subyektiv bilimlar inson, insonlar guruhi yoki sun’iy bilimlar manbalaridan (kitob, o’quv kursi, gazeta, ilmiy jurnal,videofilm va boshqalar) olinadi. Inson yordamida olingan subyektiv bilimlarni izohlashda ushbu insonning dunyoqarashi, qobilyati, xulq-atvori, hayotiy tajribasi, professional faoliyat sohasi va h.k. kabi xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. SI sohasidagi mutaxassislar bilimlar tiplarini tahlil qilishda e’tiborni ko’proq bilimlarning formal-mantiqiy tomonlariga qaratadilar. Bunda EHM xotirasida saqlangan bilimlarga maxsus algoritmlarni qo’llab, huddi mantiqiy xulosalash kabi natijalarni olish mumkin. Psixologlar nuqtai-nazaridan [1] idrok etish, xotira, fikrlash kabi psixik timsollar bilimlarni ifodalaydi. Psixik timsollar sifatida predmetlar va tashqi olamdagi hodisalar, insonnig turli hatti-xarakatlari timsollari va h.k. lar qaraladi. Ko’p hollarda bilimlar sifatida - predmetlar, hodisalar, ularning hossalari va ular orasidagi munosabatlarni ifodalovchi fahmlovchi dinamik modellar qaraladi. Psixologik jihatdan bilimlar sezuvchu, tasvirli va belgili modellar shaklida mavjud bo’ladi. Bilimlarni yuqorida keltirilgan izohlashlar nuqtai-nazaridan to’rtda guruhga birlashtirish mumkin [1] (4.1-rasm). 76 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling