Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana22.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1042370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
to ’rtinchi daraja bilan xarakterlanadi. 
Rivojlanishning beshinchi darajasida 
bilimlar va ma’lumotlarni xulosalashning turli xil usullari olinadi. Bu darajada 
individual va guruhli xatti xarakatlar modeli muhim bo’ladi.
5. Bilimlarni olish usullari va aspektlari
Ekspertdan bilim larni olish. Bilimlarni manbalardan aniqlash va ularni kerakli 
shaklga o'zgartirish, shuningdek, texnik vosita(TV)larning BBga kiritish bilimlarni 
hosil qilish deb nomlanadi. Bilimlarning manbalari kitoblar, arxiv hujjatlari, 
boshqa bilimlar bazalari va boshqalar, ya’ni egallovchiga tushunarli bo'lgan
83


shaklga keltirilgan ba’zi obyektlashtirilgan bilimlar bo'lishi mumkin. Bilimlarning 
boshqa turi ekspert bilimlar hisoblanadi. Ular mutaxassislarda mavjud bo'lib, ular 
mutaxassisga nisbatan tashqi saqlovchilarda qayd qilinmagan bo'ladi. Ekspert 
bilimlar sub’ektiv hisoblanadi. Sub’ektiv bilimlarning yana bir ko'rinishi empirik 
bilimlar hisoblanadi. Bunday bilimlar tashqi muhitni kuzatish yo'li bilan TV lar 
yordamida hosil qilinadi [1-4, 13-16].
Obyektlashtirilgan bilimlarni BBga kiritish muammo tug'dirmaydi, 
sub’ektiv bilimlarni, ayniqsa ekspert bilimlarni aniqlash va kiritish anchagina 
murakkab. Ekspertlardan olinadigan sub’ektiv bilimlarni egallash uslubiyotini 
ishlab chiqish uchun bilimlarni qayta namoyish etishning ikki xil shaklini aniq 
farqlay olish lozim. Birinchi shakl bu bilimlar inson - ekspertda qanday va qaysi 
modellarda saqlanishi bilan bog'liq. Bunda ekspert undagi bilimlar qanday qayta 
namoyish etilganini har doim ham to'liq tushunmaydi. Ikkinchi shakl ET ni 
loyihalaydigan bilimlar injeneri bilimlarni qanday tavsiflashi va namoyish etishi 
bilan bog'liq. Bilimlar injeneri ishining samaradorligi ushbu ikki qayta namoyish 
etish shakllarining o'zaro moslik darajasiga bog'liq [1-4, 13-16].
Mantiqiy
blok
(yechuvchi)
Kiruvchi so'rovlar
ar
Javob, natija 
у
Predikatli ma’lumotlar 
bazasi 
(faktlar, bilimlar)
4.3-rasm. Bilimlar bazasining tuzilmasi.
Kongnitiv psixologiyada inson uchun xarakterli bo'lgan (kongnitiv bilimlar 
strukturasi) bilimlarni qayta namoyish etish (reprezentatsiya) shakllari o'rganiladi. 
Quyidagilar misol bo'la oladi [17]: tushunchalar sinfini ularning elementlari orqali 
tasvirlash (masalan, “qush” tushunchasi chayka, qarg'a, chumchuq kabi qatorida 
qayta namoyish etiladi), sinf obyektlarining tipik xususiyatlarini aks ettiradigan 
bazaviy prototip yordamida sinf tushunchasinini tasvirlash (masalan, “qush” 
tushunchasi qanot, tumshuq, uchish va shu kabi qandaydir prototiplar bilan qayta 
namoyish etiladi), belgilar yordamida tasvirlash (“qush” tushunchasi uchun, 
masalan, qanotlar, tumshug', patlarining borligi).
Tushunchalardan tashqari ular orasidagi munosabatlar ham qayta namoyish 
etiladi. Qoidaga ko'ra, tushunchalar orasidagi munosabatlar protsedurali usul 
bilan, tushunchalarni tashkil etuvchilari orasidagi munosabatlar esa deklorativ usul 
bilan aniqlanadi. Ikki xil ko'rinishdagi tavsiflarning mavjudligi bilimlarni 
tasvirlash modellarida bir vaqtda ikki komponent masalan, kongnitiv modelda 
tasvirlangandek, semantik tarmoq va mahsuliy tizimning bo'lishini talab etadi [18].
84


Bilimlarni hosil qilishda predmet sohani tavsiflashda ishlatiladigan hamda 
tarkibida asosiy tushunchalar mavjud bo'lgan bilimlar maydoni va tushunchalar 
o'rtasida aloqani o'rnatish uchun ishlatiladigan barcha munosabatlarning 
xususiyatlari muhim rol o'ynaydi. Bilimlar maydoni predmet sohasining 
kontseptual modeli bilan bog'liq. Bu modelda BBda ularni tasvirlashda yuzaga 
keladigan cheklanish hisobga olinmagan. Biror sohani bilimlar maydonida 
tasvirlashdan BBda tasvirlashga o'tish MBning kontseptual modelidan uning 
mantiqiy sxemasiga o'tishga o'xshash bo'ladi.
Bilimlarni olish usullari. Bilimlar injenerining ekspert(mutaxassis)dan 
bilimlarni olishi uch rejimda amalga oshiriladi: protokolli tahlil, intervyu va 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling