Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana22.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1042370
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bilimlar injeneriga quyidagilar kerak:
- «ahmoqona» savollarni bermasligi uchun predmet sohasi bo'yicha maxsus 
adabiyotlar bilan tanishish (shunchaki «ahmoqona» savollar juda ham kerak 
bo'ladi), shuningdek, «kutish paketlari» sonini oshirish [19]; eshitishni bilish va 
to'g'ri savollar berish;
- «imtihon oluvchi emas, o'quvchi» roliga moslashish;
- kongnitiv psixologiya modellarini, shuningdek, ekspert bilimlaridan aniq 
strukturalarni ajratib olish uchun bilimlarni tasvirlash modellarini tushunish.
Har qanday hamkorlik faoliyatida tadqiqotchilarning shaxs, xulq - atvor, 
ilmiy fikrlash uslubi kabi psixologik xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Ilmiy 
xodimlarning turli sinflari mavjud. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- tashabbuskor(initsiator) - istiqbolli muammolarga tezda javob beradi
ya’ni, birinchilardan bo'lib masalani noaniqlik elementlari bilan yechish 
lozimligini sezadi;
- tashxischi(diagnost) - masala yechimining kuchli va kuchsiz tomonlarini 
baholay olish qobiliyatlariga ega;
- erudit yaxshi xotiraga ega, ikir - chikirlarga juda e’tiborililigi va 
tartiblilikka erishishi bilan ajralib turadi;
86


- hunarmand - boshqalarning yomon rasmiylashtirgan g'oyalarini amalga 
oshirish imkoniga ega;
didli (estet) - ajoyib natijalarga olib keluvchi muammolarni tadqiq qilishga 
intiladi, sinchkovlik talab qiladigan mehnatga moyil emas;
uslubiyotchi - izlanishlarning uslubiy tomonlari bilan qiziqadi;
mustaqilfikrlovchi - muammoni mustaqil hal qilishga intiladi;
- fanatik - o'zining ilmiy muammosiga fidokorona qiziqadi va 
atrofdagilardan ham shuni talab qiladi.
Ilmiy xodimning qaysi tipga tegishliligi bilvosita usullar (shaxsiylik testlari, 
intellekt testlari, kongnitiv usullar, loyihali usullar) yordamida aniqlanadi.
Ekspert ro’li uchun tashabbuskor, erudit, tashxischi va hunarmand to'g'ri 
kelsa, bilimlar injeneri roliga esa - tashxischi, uslubchi, erudit va initsiator to'g'ri 
keladi. Bunda turli tipdagilarning biriktirilishi yaxshi natija beradi. Masalani 
yechishga yondashish, nuqtai - nazar, fikrlash yo'li, xotira va h.k. laming 
farqlanishi tufayli bunday juftlikdagi ishtirokchilar qo'yilgan maqsadga har 
tomonlama yondashishadi. Natijada farazlar, g'oyalar, alternativ variantlarning 
umumiy soni ortadi, bu esa bilimlar maydonining boyishiga olib keladi. Biroq 
yuqorida sanab o'tilgan turlardan tuzilgan birikmalarning hammasi ham o'zaro 
ta’sirni yaxshilamaydi, ba’zi bir turlar(masalan, fanatik, didli, mustaqil fikrlovchi
hunarmand) ijodiy munosabatda odatda sust moslashadi. Bu esa samarali muloqot 
jarayonini qiyinlashtiradigan yashirin va oshkor qarama-qarshiliklarning yuzaga 
kelishiga olib keladi.
Juftlikda boshlovchilik qilish ham katta ahamiyatga ega. Ixtiyoriy muloqotda 
bir tomon odatda boshlovchi mavqeini egallaydi, ko'pincha bu rolni intervyu 
oluvchi, ya’ni bilimlar injeneri egallaydi. Muloqotda boshlovchining roli ekspertga 
jarayonni ortiqcha detallashtirishga imkon bermasdan bilimlar injeneriga bilimlar 
maydonini yaratish jarayonini tizimlashtirish va yo'naltirishga imkon beradi. 
Boshqa tomondan, dogmatizm va qat’iyatlilik adekvat bo'lmagan maydonga olib 
kelishi mumkin.
2) 
«Umumiy kod»ni o'rnatish. O'zaro munosabatning lingvistik holatini 
(tushunchalar lug'atini aniqlab olish) yaratish uchun ishtirokchilar «obyekt (ya’ni, 
izlanish olib borilayotgan predmet sohasi) va bilimlar injeneri o'rtasidagi 
masofani» qisqartirishga harakat qilishi lozim. Asosiy tushunchalarni aniqlab olish 
kerak, ya’ni BBning lug'atli asosini, detallilik darajasini va tushunchalar orasidagi 
o'zaro aloqalarni ishlab chiqish lozim.
Umumiy kodni o'rnatishda ikkita til, ya’ni muhandis tili va ekspert tilidan 
foydalaniladi. Muhandis tili uchta tashkil etuvchidan iborat:
1) Tayyorgarlik davrida maxsus adabiyotlardan olgan predmet sohasida 
ishlatiladigan atamalar;
2) Predmet sohaga talluqli umumiy atamalar;
3) Hayotiy (tabiiy) suhbat tili.
Ekspert tili esa quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
1) Predmet sohasiga talluqli atamalar;
2) Umumiy atamalar va hayotiy til;
87


3) Ekspert ish jarayonidagi neologizm - yangi kasbiy terminlar.
4.4-rasm. Umumiy kod.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling