Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologik aspekt. Bilim olishning psixologik jihatlari bilimlar muhandisi va
bilim manbasi - ekspert orasidagi o'zaro munosabatning samarali va muvaffaqqiyatli bo'lishida asosiy omil hisoblanadi. Sababi bilim to'planishi bevosita ET yaratuvchilari orasidagi muloqoti natijasi hisoblanadi [1-4, 13-16]. Shu narsa ma’lumki, ekspert bilan og'zaki muloqot jarayonida axborotning yo'qolishi quyidagicha: 89 Axborotni o'ylashda 100 % So'z shaklida ifodalashda 90 % Aytib berishda 80 % Eshitishda 70 % Tushunishda 60 % Bilimlar muhandisi xotirasida qolishi 24 % Bilimlarni olishning psixologik jihatlari strukturasi aloqa qatlami, harakat qatlami va o'rganish qatlamidan iborat. Bilimlarni egallashda muloqot ishtirokchilari(sheriklar), muloqot vositalari (protseduralar) va muloqot mavzusi (bilimlar)dan foydalaniladi. Aniqlanishicha, inson 7±2 ta so'zdan iborat jumlalarni yaxshi qabul qiladi. Bu son (7±2) Ingve-Miller soni deb ataladi. Uni nutqning “suhbatlilik” o'lchami deb ham atashadi. Natijalarni bayonnomalashtirishni uchta uslubda tashkil qilish mumkin: 1) Suhbat jarayonida bilimni qog'ozga yozib borish (kamchiligi - suhbatda halal beradi, stenograf ko'nikmalarga ega bo'lsa ham barchasini yozib qolish qiyin hisoblanadi); 2) Magnitofon(diktofon)ga yozib olish bilimlar muhandisiga butun suhbatni va o'zining harakatlarini qayta tahlil qilishga yordam beradi (kamchiligi - ekspertni cheklab qo'yishi mumkin); 3) Suhbatdan so'ng xotirada qolganlarni eslab chiqish(kuchli xotiraga ega analitiklarga mos keladi). Misol. Bilimlar maydonini shakllantirish bo'yicha ekspert bilan ishlash usuliga misol keltiramiz. Tayyorlovchi bosqich [1-4, 13-16]: 1. Loyihalanayotgan tizimning masalalarini, kirish va chiqishda nima bo'lishini, ish rejimi, maslahat olish, o'rgatish va boshqalarni aniqlash. 2. Ekspertlarni tanlash: ekspertlar sonini aniqlash; kompetentlik darajasini tanlash (har doim ham birdaniga eng yuqori darajani tanlash yaxshi emas); ekspertlarni ishga qiziqtirish imkoniyatlari va usullarini aniqlash; ekspertlarni sinovdan o'tkazish; 3. Bilimlar injenerini predmet sohasidagi maxsus adabiyotlar bilan tanishtirish. 4. Bilimlar injeneri va ekspertlar tanishuvi (bundan keyin soddalik uchun ekspert bitta deb hisoblaymiz). Ekspertni SI bo'yicha mashhur adabiyotlar bilan tanishtirish. 5. Bilimlar injenerining adabiyotlardagi aprior bilimlardan bilimlar maydonining birinchi yaqinlashishini qurishga harakati(bilimlar maydonining prototipi). Asosiy bosqich: 1. Bilimlar maydonining «T ayyorgarligi»: a) predmet sohasiga bog'liq holda intervyu olish usulini tanlash; 90 b) fikrlarni ovoz chiqarib protokollashtirish yoki ekspert mulohazalarini magnitofonda yozish (bilimlar injeneri iloji boricha hozircha mulohazalarga aralashmasligi lozim). 2. «Uy ishi». Bilimlar injenerining ekspert mulohazalaridan ba’zi bir sababiy - natijaviy aloqalarni ajratishga harakati; predmet sohasining lug'atini tuzish va ekspertga savollarni tayyorlash; 3. Bilimlar maydonini «biroz tayyorlash». Bilimlar maydoni prototipi va uy ishi, shuningdek, bilimlar injenerining savolga javobini ekspert bilan muhokama qilish. 4. Kontseptual modelni shaklllashtirish. 5. Ikkinchi yaqinlashishning bilimlar maydonini qurish. E kspertlardan bilim lar olish tizimlari. MORE tashxis tizimi [20] misolida intervyu olish texnikasi tavsiflanganidek, mohiyatlar, farazlar, simptomlar, shartlar, aloqalar va yo'llarni tushuntirishga yo'naltirilgan: • farazlar - identifikatsiyasi o'zining tashxis natijasiga ega hodisa; • simptomlar - farazning mavjudligi natijasi hisoblangan hodisadir, uni kuzatish keyingi farazlarni qabul qilishni yaqinlashtiradi; • shartlar - qandaydir faraz uchun to'g'ridan to'g'ri simptomatik hisoblanmaydigan, ammo qandaydir boshqa hodisalar uchun tashxis qiymatlarga ega bo'la oladigan hodisalar yoki hodisalar to'plami; • aloqalar - mohiyatlar birlashmasidir(shu jumladan boshqa aloqalarning); • yo'llar - farazlarni simptomlar bilan ulovchi aloqalarning ajratilgan turi. Shunga mos holda quyidagi intervyu strategiyalari ishlatiladi: farazlar differentsiatsiyasi, simptomlarni farqlash, simptomli shartlashish, yo'llarni bo'lish va boshqalar. Farazlarni differentsiallash farazlarni aniqroq farqlash(ajratish) imkonini beradigan simptomlarni izlashga yo'naltirilgan. Bu ma’noda, eng kuchli simptomlar tashxis qilinadigan hodisalarning biridan kelib chiqadigan simptomlar hisoblanadi. Simptomlarni ajratish uning maxsus xarakteristikalarini aniqlaydi. Bu xarakteristikalar bir tomondan, uni biror bir farazning natijasi sifatida identifikatsiyalaydi, boshqa tomondan, boshqalariga qarama-qarshi qo'yadi. Simptomli shartlanganlik salbiy simptomlarni, ya’ni ularning bo'lmasligi mavjudligidan ko'ra katta og'irlikka ega bo'lgan simptomlarni aniqlashga yo'naltirilgan. Yo'llarni bo'lish topilgan simptomlar yo'lida yotgan simptomli hodisalarni topishni ta’minlaydi. Agar bunday simptom mavjud bo'lsa, u holda u topilgan simptomga ko'ra katta tashxis qiymatga ega. Ekspert intervyu olishning o'xshash strategiyalari IDIS [66] texnik tashxis tizimni yaratishda qo'llanilgan. KRIION [1-4, 21] tizimida bilimlarni egallash uchun 2 ta manba ishlatiladi: Ekspert, uning amaliyotida hosil qilingan bilimlari bilan(bu bilimlar, qoida bo'yicha, to'liqsiz, bog'lanmagan, yomon strukturalashtirilgan), kitobiy bilimlar, hujjatlar, qo'llanmalar tavsifi (bu bilimlar yaxshi strukturalashtirilgan va an’anaviy vositalar yordamida qayd qilingan). Birinchi manbadan bilimlarni olish uchun KRIIONda repertuar panjara va darajalarga bo'lish strategiyalarini qo'llovchi 91 intervyu texnikasi qo'llanilgan. Bunda strategiyalarga o'tish usuli qo'llaniladi: agar semantik bog'langan tushunchalar uchligini ko'rsatishda ekspert ularning ikkitasini uchinchisidan ajratadigan belgini aniqlash holatida bo'lmasa, tizim darajalarga bo'lish strategiyasini ishga tushiradi va ularni ajratuvchi belgilarni aniqlash maqsadida bu tushunchalarning taksonomik strukturasini aniqlashga kirishadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling