Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
3)
Gnoseologik bosqich. Bu bosqichda predmet sohaga xos qonuniyatlarni, ishonchlilik shartlari va tasdiqlarning rostligini aniqlash, munosabatlarni kiritish hisobiga tizimlashtirish amalga oshiriladi. Bu bosqich bilimlar injeneri va ekspert o'zaro munosabatini aniqlovchi hisoblanadi. O'yin yoki muloqotni tahlil qilish jarayonida ekspert bilimlari o'zlashtiriladi va odatda uning o'zi uchun yangi bilimlar hosil bo'ladi. Uning xotirasida tashqi olamning qayta namoyishi bilimlar maydoni shaklida moddiy timsolga ega bo'ladi. Bilimlarni olish jarayonida chuqur strukturalar va yanada abstrakt tushunchalarga birin - ketin o'tgan holda ekpertdan avval yuzaki bilimlar (masalan, qayta namoyish etiluvchi belgilar)ni olish maqsadga muvofiq. Bilimlar maydonini shakllantirishda empirik bilimlarning xususiyatlari: modellilik, qarama- qarshilik va boshqalar hisobga olinadi. Bilimlar injeneri har doim qismdan umumiylikni ko'ra olishi lozim, ya’ni «1 fakt - umumlashtirilgan fakt - empirik qonun - nazariy qonun» zanjirni qurishi lozim. Zanjirning markaziy a’zosi - empirikani shaklllashtirish. Bunda odatda shaklllashtirish bosqichida «ojiz» tushunarsiz bog'lanishlarni olish emas, balki predmet soha tushunchalari o'rtasidagi aloqalarning ichki strukturasini tushunish asosiy bo'lib qoladi. Bilimlar injeneri san’ati muammoli sohaning aniq va tushunarli modelini qurishga intilishdan iborat. Shuni ham hisobga olish kerakki, muammoli sohadagi ekspertlar har doim ham mantiqiy mulohazalarga suyanishmaydi. Ularning muammoli soha va u uchun xarakterli bo'lgan masalalarni yechish usullari haqidagi tasavvurlaridan assotsiativ mulohazalar va haqiqatga o'xshashlik mulohazalari keng qo'llaniladi. 88 Bilimlarni olish aspektlari. Lingvistik aspekt. Intellektual axborot texnologiyalarini yaratishda asosiy masalalardan biri - ekspert bilimlarini kompyuter xotirasida adekvat ifodalashdan iborat. Bu informatikada yangi yo'nalish bo'lib, u inson bilimi va uni EHM xotirasida tasvirlashdan iborat, ya’ni bilimlar muhandisligi yo'nalishini yaratishga olib keladi. Bilimlar muhandisi bilimlarni yig'ish, ularni tahlil etish va ITlar uchun ularni formallashtirish masalalari bilan shug'ullanadi. Bunda bilimlar olishning lingvistik jihatlari e’tiborga olinadi [1-4, 13-16]. Gnoseologik aspekt. Gnoseologiya - falsafada bilish nazariyasi va inson ongida mavjudlik nazariyasi bilan bog'liq bo'lim. Bilimlar muhandisligi fan sifatida ikkilangan gnoseologiya sifatida ifodalash mumkin [1-4, 13-16]. 4.5-rasm. Gnoseologik aspekt modeli, bu rasmda D - mavjudlik, M 1 - mavjudlikning ekspert modeli, M2 - mavjudlikning bilimlar muhandisi modeli. Mavjudlik (D) avval ekspert (M 1 ) ongida shakllanadi, keyin ekspertning faoliyati va tajribasi bilimlar muhandisi (M 2 ) yordamida ETning BBni tashkil etuvchi bilim (Rz)ga izohlanadi. Mavjudlikni bilish jarayoni inson ongida borliqni anglashga yo'naltirilgan. Bilimni olish jarayonida bilimlar muhandisini ETni qurish uchun kerak bo'ladigan ekspertning ayni sohaga oid individual bilimlari bilan bog'liq komponentalari qiziqtiradi. Bu sohaga tegishli bilimlar asosan empirik kuzatishlar jarayonida to'plangan bilimlardan iborat bo'lganligi uchun u empirik bilimlar deb ataladi. Empirik bilimlarni umumlashtirish masalasi murakkab masala hisoblanadi. Bilish muammosi doimo yangi tushunchalar va nazariyalar yaratish bilan bog'liq. Ko'pincha bilimlar muhandisi bilan suhbat davomida “yo'l-yo'lakay” ekspert yangi bilimlarni yaratayotgandek tuyuladi. Bilimlar muhandisi quyidagi metodologik zanjir yordamida ekspert bilimlarni talqin etadi(4.6-rasm). 4.6-rasm. Metodologik zanjir. Bilim strukturasi ikki qismdan iborat: 1) Empirik (kuzatish, hodisa); 2) Nazariy (qonuniyatlar, abstraktsiya, umumlashma). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling