Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana22.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1042370
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
3) 
Gnoseologik bosqich. Bu bosqichda predmet sohaga xos qonuniyatlarni
ishonchlilik shartlari va tasdiqlarning rostligini aniqlash, munosabatlarni kiritish 
hisobiga tizimlashtirish amalga oshiriladi. Bu bosqich bilimlar injeneri va ekspert 
o'zaro munosabatini aniqlovchi hisoblanadi. O'yin yoki muloqotni tahlil qilish 
jarayonida ekspert bilimlari o'zlashtiriladi va odatda uning o'zi uchun yangi 
bilimlar hosil bo'ladi. Uning xotirasida tashqi olamning qayta namoyishi bilimlar 
maydoni shaklida moddiy timsolga ega bo'ladi.
Bilimlarni olish jarayonida chuqur strukturalar va yanada abstrakt 
tushunchalarga birin - ketin o'tgan holda ekpertdan avval yuzaki bilimlar 
(masalan, qayta namoyish etiluvchi belgilar)ni olish maqsadga muvofiq. Bilimlar 
maydonini shakllantirishda empirik bilimlarning xususiyatlari: modellilik, qarama- 
qarshilik va boshqalar hisobga olinadi.
Bilimlar injeneri har doim qismdan umumiylikni ko'ra olishi lozim, ya’ni «1 
fakt - umumlashtirilgan fakt - empirik qonun - nazariy qonun» zanjirni qurishi 
lozim. Zanjirning markaziy a’zosi - empirikani shaklllashtirish. Bunda odatda 
shaklllashtirish bosqichida «ojiz» tushunarsiz bog'lanishlarni olish emas, balki 
predmet soha tushunchalari o'rtasidagi aloqalarning ichki strukturasini tushunish 
asosiy bo'lib qoladi. Bilimlar injeneri san’ati muammoli sohaning aniq va 
tushunarli modelini qurishga intilishdan iborat.
Shuni ham hisobga olish kerakki, muammoli sohadagi ekspertlar har doim 
ham mantiqiy mulohazalarga suyanishmaydi. Ularning muammoli soha va u uchun 
xarakterli bo'lgan masalalarni yechish usullari haqidagi tasavvurlaridan assotsiativ 
mulohazalar va haqiqatga o'xshashlik mulohazalari keng qo'llaniladi.
88


Bilimlarni olish aspektlari. 
Lingvistik 
aspekt. 
Intellektual 
axborot 
texnologiyalarini yaratishda asosiy masalalardan biri - ekspert bilimlarini 
kompyuter xotirasida adekvat ifodalashdan iborat. Bu informatikada yangi 
yo'nalish bo'lib, u inson bilimi va uni EHM xotirasida tasvirlashdan iborat, ya’ni 
bilimlar muhandisligi yo'nalishini yaratishga olib keladi. Bilimlar muhandisi 
bilimlarni yig'ish, ularni tahlil etish va ITlar uchun ularni formallashtirish 
masalalari bilan shug'ullanadi. Bunda bilimlar olishning lingvistik jihatlari 
e’tiborga olinadi [1-4, 13-16].
Gnoseologik aspekt. Gnoseologiya - falsafada bilish nazariyasi va inson 
ongida mavjudlik nazariyasi bilan bog'liq bo'lim. Bilimlar muhandisligi fan 
sifatida ikkilangan gnoseologiya sifatida ifodalash mumkin [1-4, 13-16].
4.5-rasm. Gnoseologik aspekt modeli, bu rasmda D - mavjudlik,
M 1 - mavjudlikning ekspert modeli, M2 - mavjudlikning bilimlar muhandisi modeli.
Mavjudlik (D) avval ekspert (M
1
) ongida shakllanadi, keyin ekspertning 
faoliyati va tajribasi bilimlar muhandisi (M
2
) yordamida ETning BBni tashkil 
etuvchi bilim (Rz)ga izohlanadi. Mavjudlikni bilish jarayoni inson ongida borliqni 
anglashga yo'naltirilgan.
Bilimni olish jarayonida bilimlar muhandisini ETni qurish uchun kerak 
bo'ladigan ekspertning ayni sohaga oid individual bilimlari bilan bog'liq 
komponentalari qiziqtiradi. Bu sohaga tegishli bilimlar asosan empirik kuzatishlar 
jarayonida to'plangan bilimlardan iborat bo'lganligi uchun u empirik bilimlar deb 
ataladi. Empirik bilimlarni umumlashtirish masalasi murakkab masala hisoblanadi. 
Bilish muammosi doimo yangi tushunchalar va nazariyalar yaratish bilan bog'liq. 
Ko'pincha bilimlar muhandisi bilan suhbat davomida “yo'l-yo'lakay” ekspert 
yangi bilimlarni yaratayotgandek tuyuladi. Bilimlar muhandisi quyidagi 
metodologik zanjir yordamida ekspert bilimlarni talqin etadi(4.6-rasm).
4.6-rasm. Metodologik zanjir.
Bilim strukturasi ikki qismdan iborat:
1) Empirik (kuzatish, hodisa);
2) Nazariy (qonuniyatlar, abstraktsiya, umumlashma).

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling