Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana22.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1042370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


4-ma’ruza. Bilimlar. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari
va ularni olish usullari
Reja:
1. M a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar.
2. Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash.
3. Bilimlarning xususiytlari.
4. Bilimlarni tushunish darajalari.
5. Bilimlarni olish usullari va aspektlari.
6. M a’lumotlar bazasidan bilimlarni ajratib olish usullari
Tayanch iboralar: M a’lumotlar (Data), bilim 
(knowledge), bilimlarni 
namoyish qilish (knowledge representation), protsedurali axborot (procedural 
information), mashina s o ’zi (computer word), bit (bit),bayt (byte), abstraktli 
m a ’lomotlar tipi (abstract data 
types), m a ’lumotlar bazasi (data 
base), 
m a ’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT)-(data 
base 
management 
systems), база знаний (knowledge 
base), Bilimlar muhandisi (knowledge 
engineering), interfeysli bilimlar (interface knowledge), muammoli bilimlar (the 
problem o f knowledge), protsedurali bilimlar (procedural knowledge), strukturali 
bilimlar (structural 
knowledge), metabilimlar 
(metaknowledge), sintaktika 
(syntactics), semantika (semantics), pragmatika (pragmatics), extensial bilimlar 
(extensional 
knowledge), intensional bilimlar (intensional 
knowledge), 
deklarativli bilimlar (declarative 
knowledge), bilimlarni namoyish etishning 
mantiqiy modeli (logical methods o f knowledge representation), bilimlarni 
namoyish etishning evristik modeli (heuristic 
methods 
o f 
knowledge 
representation), mulohazalarni hisoblash (propositional 
calculus), 1-tartibli 
predikatlar mantiqi (predicate logic o f the 1st order, ichki izohlanuvchanlik 
(internal interpretability), strukturalashtirilganlik (structured), bog’langanlik 
(coherence), semantil metrika (semantic metric), faollik (activity), bilimlarni 
tushunish darajalari 
(level 
sofunder standing knowledge), 
bilimlarni 
metatushunish (metaunder standing o f knowledge)
73


M a ’lumotlar -b u alohida faktlar bo’lib, predmet soha(PrS)dagi obyektlar, 
jarayonlar va hodisalarni hamda ularning xossalarini tavsiflaydi.
Bilimlar - bu PrSdagi obyektiv qonuniyatlar (prinsiplar, aloqalar, qonunlar) 
bo’lib, ular amaliy faoliyat va professional tajribalar natijasida olinadi va 
mutaxassislarga ushbu sohada masalalarni qo’yish va yechishga imkoniyat 
yaratadi.
Bilimlar - bu yaxshi strukturalashgan ma’lumotlar, yoki ma’lumotlar 
haqidagi ma’lumotlar, yoki metama’lumotlar.
Katta sovet ensiklopediyasida bilimga quyidagicha ta’rif bergan: «Bilim -  
haqiqylikni anglash natijalarining amaliyotda tekshirilganligi va unung inson 
miyasida to ’g ’ri aks ettirilganligidir. Bilimlar hayotiy, ilmiylikka asoslanmagan, 
badiiy, ilmiy (nazariy va empirik)» bo ’lishi mumkin[1].
SI sohasidagi tadqiqotlarning asosi bilimlar bilan bog’liq yondashuvdan 
iborat. SIning bazaviy paradigmalari 
asosan bilimlar hisoblanadi. Bilim 
tushunchasi boshqa ko’plab fundamental ilmiy tushunchalar (algoritm, intellekt, 
faoliyat va h.k) kabi intuitiv shaklda aniqlanadiganlar tipiga kiradi.
Ba’zi PrS haqidagi bilimlar ushbu PrSdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlar 
majmuasidan, ushbu sohadagi obyektlarning muhim xossalaridan va ularni 
bog’lovchi munosabatlardan, jarayonlar hamda unda vujudga keladigan 
vaziyatlardan hamda ushbu vaziyatlar bilan bog’liq muammolarni tahlil qilishdan 
iborat [1].
Bilim tushunchasi ma’lumot yoki axborot tushunchasidan qanday farq 
qiladi?
Bilim - bu tashqi olamdan tirik mavjudod (subyekt) yordamida idrok etilgan 
axborotlar. Bilimning m a ’lumotdan farqli tomoni uning subyektivligidadir [2]. 
Bilim subyektning hayotiy tajribalariga, uning tashqi olam bilan o’zaro aloqalar 
tarixiga, ya’ni uning o’rganish va o’zini-o’zi o’rganish jarayonlariga asoslanadi.
SI 
bo’yicha 
yaratilgan 
adabiyotlarga 
asoslangan 
holda 
bilimning 
ma’lumotlardan farqli tomonlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin [2-4]:
• bilimlar ko’proq strukturalashgan bo’ladi;
• bilimlarda ma’lumotlarga o’xshab bilimlarning alohida elementlari emas, 
balki ular orasidagi o’zaro bog’liqlik muhim ahamiyatga ega;
• bilimlar ma’lumotlarga nisbatan o’zini-o’zi izohlovchi bo’ladi, ya’ni 
bilimlarda ulardan qanday foydalanish haqidagi axborotlar mavjud bo’ladi;
• 
bilimlar m a’lumotlarga nisbatan faolroq bo’ladi, ya’ni bilimlar ulardan 
foydalanayotgan tizim harakatiga ta ’sir etishi mumkin.
Shuni ta ’kidlash joizki, bilimlar bilan m a’lumotlar orasida qat’iy 
chegara yo’q, chunki oxirgi 20 yillar mobaynida m a’lumotlar bazalarini 
boshqaruvchi tizilarni yaratuvchilar m a’lumotlarni va bilimlarni bir-biriga 
o’xshash qilib qo’ydilar. Misol sifatida m a’lumotlar bazalarini loyihalashda 
semantik to ’rlarni qo’llash, obyektga yo’naltirilgan m a’lumotlar bazalarining 
paydo bo’lishi, saqlanuvchi protseduralar va h.k.larni keltirish mumkin. 
Shunday qilib, bilimlarning m a’lumotlardan yuqorida 
keltirilgan farqli
74

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling