Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana22.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1042370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
professional faoliyatning o'yinli immitatsiyasi [1-4,13-16]. Protokolli tahlilda 
olingan bilimlar belgilab qo'yishdan iborat. Intervyu rejimida bilimlar injeneri 
ekspert bilan uni kerakli tomonga yo'naltirib, faol muloqotni olib boradi. O'yinli 
immitatsiyada ekspert uning professional faoliyati kechadigan holatga o'xshash 
holatga tushib qoladi. Uning harakatlarini turli holatlarda kuzatib bilimlar injeneri 
keyinchalik intervyu rejimida ekspert tomonidan chuqurlashtiriladigan ekspert 
bilimlar haqidagi o'z qarashlarini shakllantiradi. O'yinli imitatsiyaning prinsiplari 
turli ish o'yinlarida, maxsus trenajerlarda o'z o'rnini topdi.
Eslatib o'tilgan har bir bilimlarni olish usullari o'zining xato va 
kamchiliklariga ega. Shunday qilib, protokollar tahlilida bilimlar injeneriga 
predmet sohasiga doir lug'atga kiritish lozim bo'lgan tushunchalarni ajratish oson 
bo'lmaydi. Bundan tashqari, ekspert tahlili to'xtab qolib va xulosaning tushirib 
qoldirilgan qadamlari asosida davom ettirilishi vaqtida protokollarda bo'shliqlar 
uchrab qoladi. Shunga o'xshash bo'shliqlarni faqat intervyu rejimida to'ldirish 
mumkin. Shunday qilib, ekspertdan bilimlarni olishning 3 ta yondashuvidan 
intervyu bosqichi muhimdir.
Intervyu olishning 20 tadan ortiq strategiyalari mavjud.
Ulardan 3 tasi eng ko'p tarqalgan: pog'onalarga bo'lish, 
repertuarpanjara va moslikni tasdiqlash.
Pog'onalarga 
bo'lishda 
ekspertga uning fikricha 
predmet sohasining muhim tushunchalarini aytish va ular 
orasidagi strukturalashtirish munosabatlarini ko'rsatish, ya’ni 
«element 

sinf», 
«butun-qism» 
va 
boshqa 
turdagi 
munosabatlarni ko'rsatish taklif etiladi. Bu tushunchalar so'rovning keyingi 
qadamlarida asos ma’lumotlardek ishlatiladi. Strategiya tushunchalarda bir - biri 
bilan uzviy bog'langan guruh - taksonlar(klasterlar)ni ajratish, predmet sohasi 
tushunchalari ierarxiyalarini yaratishga qaratilgan.
Repertuar panjara strategiyasi bir tushunchani boshqasidan ajratishga imkon 
yaratuvchi tushunchalarning xarakteristik xususiyatlarini aniqlashga yo'naltirilgan. 
Uchlikka har ikki tushuncha uchun ularni uchinchisidan ajratadigan belgilarni 
atashni taklif etish orqali ekspertga tushunchalar uchligini taqdim qilishdan iborat. 
Har bir tushuncha biror uchlikka tegishli bo'ladi, bunday prtsedura asosida 
tushunchalar hajmini chuqurlashtirish sodir bo'ladi va tushunchalarning
85


«simptokompleks» lari shakllantiriladi. Bular yordamida tushunchalar BBda 
identifikatsiyalanishi mumkin.
Men Ona
Ota
Zo'r
do'st
Boshliq yoki o'qituvchi, 
kimning boshchiligida 
sizga ishlash qulay
O'xshashlik
Farqi
Oliy
ma’lumotsiz
Oliy
ma’lumotli
Hayoti
zavqli
Ruxi
tushgan
(pessimist)
Sabrli
Toqatsiz
Moslikni tasdiqlash strategiyasi ekspertga predmet sohasidagi har bir 
tushunchalar juftligini biror moslik(tolerantlik) munosabatiga tegishliligini 
o'rnatishni taklif qilishdan iborat. Buning uchun ekspertga yetarlicha oddiy 
savollar ketma - ketligi beriladi va bu savollarni berishdan maqsad moslik 
tushunchalarini aniqlashdir.
Bilimlar injeneri bilan ekspert mutaxassisning o'zaro munosabati jarayoni 3 
bosqichni o'z ichiga oladi [1-4, 13-16].
1) 
Tayyorlovchi bosqich. Muloqot samarali o'tish uchun ikkala ishtirokchi 
ham o'yin yoki muloqotga chuqur tayyorlanishlari lozim. Ekspert faqatgina 
kompetentli mutaxassis bo'lib qolmasdan, balki asosiy maqsadga erishish - TV 
larni qurishda manfaatdor(ma’naviy yoki moddiy) shaxs bo'lishi maqsadga 
muvofiq. U bilimlar injeneriga xayrixoh bo'lishi va o'z bilimlarini tushuntira olishi 
lozim (eng yaxshi holat ekpertning o'qituvchilik mahorati bo'lsa).

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling