Reja: Magniyli o’g’itlar haqida tushuncha
Tabiiy sof rudalardan oltingugurtning olinishi
Download 33.81 Kb.
|
Mavzu Magniyli va oltingugurtli o’g’itlar. Magniyli va oltingu-fayllar.org
Tabiiy sof rudalardan oltingugurtning olinishi. Tabiiy sof oltingugurt konlari qoldiqli yoki vulqonli xususiyatdagi yotqiziqlar tarzida uchraydi. Tabiiy sof oltingugurt konlari Italiyada (Sitsiliya orollarida), Yaponiyada (Xokkaydo orollarida), AQSH da (Texas va Luiziana shtatlarida) uchraydi.
Tarkibida 20% va undan ortiq oltingugurt tutgan tabiiy sof oltingugurt rudalari to’g’ridan-to’g’ri kuydirilib, sulfit angidridga aylantiriladi va undan sulfat kislota ishlab chiqariladi. Ammo odatda oltingugurtli rudalar kuydirilmaydi, balki undan oltingugurt suyuqlantirilib ajratilib olinadi. Oltingugurtni suyuqlantirib ajratib olish pechlarda, avtoklavlarda va to’g’ridan-to’g’ri yer osti yotqiziqlarida amalga oshiriladi. Pechlarda oltingugurtni suyuqlantirishda ruda tarkibidagi 25% gacha oltingugurtni yoqish issiqligidan foydalaniladi. Bunda elementar oltingugurt unumi 75% ga yetadi. Oltingugurtni to’g’ridan-to’g’ri yer osti yotqiziqlaridan Frash usuli bo’yicha qazib olishda (bu usul AQSH da ishlatiladi) oltingugurt qaynoq suv bilan suyuqlantiriladi va qisilgan havo bilan yuzaga siqib chiqariladi. Buning uchun quduqqa bitta quvur orqali bosim ostida 150-160OC haroratgacha qizdirilgan suv berilsa, ikkinchisidan esa qisilgan havo yuboriladi. So’ngra suv ma’lum masofada joylashgan va oltingugurtli qatlamdan chuqurroq bo’lgan boshqa maxsus quduqdan chiqarib olinadi. Frash usuli bilan nisbatan arzon oltingugurt olinadi, lekin bunda kondan uni ajratib olish darajasi 30-60% ni tashkil etadi xolos. AQSH da oltingugurtning ko’p qismi temir yo’l va avtomobil sisternalarida suyuqlantirilgan holatda tashiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling