Reja: Mahalliy hukumat organlari kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari


-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg’armalari


Download 22.07 Kb.
bet4/10
Sana04.02.2023
Hajmi22.07 Kb.
#1162444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahalliy hukumat organlari

81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg’armalari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg’armalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan byudjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar.
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo’yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko’ra sarflanadi.
(81-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2013 y., 52-son, 686-modda)
9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki ob’ektlarini boshqarish
Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki ob’ektlarini O’zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan doirada boshqaradi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida bo’lgan ob’ektlarni O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib qo’yishga haqli bo’lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer munosabatlariga doir boshqa masalalarni hal qiladilar.
(III bob O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuniga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Download 22.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling