Reja: Majburiy sug‘urta turlari Majburiy sug‘urtaning umumiy tamoyillari Majburiy sug’urta shartnomasi


Majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi


Download 20.29 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi20.29 Kb.
#1058323
1   2   3   4
Bog'liq
sug\'urta mustaqil ish

Majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi
Qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qildiruvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan sug‘urta qilish majburiyati qonun bilan yuklanishi majburiy sug‘urta deb ataladi.
Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
Majburiy davlat sug’urtasi
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy sug’urta ob’ekti
Sug‘urtalangan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan yoki uning boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi bo‘yicha yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyati yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir.
Majburiy sug’urta turlari
Hayot va sog‘likka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi, mol-mulkka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi va fuqarolik javobgarlikni majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta qilishning turlari hisoblanadi.
Qonunda mazkur majburiy sug‘urta turlari bir butun kompleks yoki alohida tur sifatida belgilab berilishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.


2.Majburiy sug‘urtaning umumiy tamoyillari



  • umumiylik;

  • majburiylik;

  • jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining qonun bilan kafolatlanishi.

  • Sug‘urtalovchi, cug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, naf oluvchi va jabrlanuvchi majburiy sug‘urta turlarining sub'ektlaridir.



Download 20.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling