Reja: Majburiy sug‘urta turlari Majburiy sug‘urtaning umumiy tamoyillari Majburiy sug’urta shartnomasi
Sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari
Download 20.29 Kb.
|
sug\'urta mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naf oluvchining huquqlari
- Majburiy sug`urta turlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
- 3.Majburiy sug’urta shartnomasi Sug‘urta shartnomasi
Sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari
Qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan qonunga muvofiq sug‘urtalashi; majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha va qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi; sug‘urta shartnomasiga oid holatlar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar berishi; sug‘urta qildiruvchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Naf oluvchining huquqlari sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan sug‘urtalovchiga murojaat etish; qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalovchidan sug‘urta tovonini olish; sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida bepul axborot olish; agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida bo‘ladi. Majburiy sug`urta turlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Sug`urta tashkiloti faoliyatining maqsadi boshqa shaxsning manfaatlari bilan bog`liq xavf-xatarni sug`urtaga qabul qilishdir. Sug`urta bo’yicha xizmatlar pullidir, sug`urta qildiruvchi sug`urtachiga sug`urta mukofotini to’laydi. Shuning uchun sug`urtachi sug`urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyatidaligidan dalolat beruvchi kafolat mavjud bo’lishi kerak. 3.Majburiy sug’urta shartnomasi Sug‘urta shartnomasi Sug‘urta qilish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladigan sug‘urta shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim bo‘lib, sug‘urta qildiruvchi unga muvofiq sug‘urta mukofotini (sug‘urta badalini) sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda to‘laydi hamda sug‘urta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sug‘urtalovchi esa sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta shartnomalarida franshiza nazarda tutilishi mumkin. Franshiza ham sug‘urta summasining foizlarida, ham muayyan summada belgilanishi mumkin hamda shartli va shartsiz franshizaga bo‘linadi. Sug‘urta shartnomasida franshizaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasining yozma yoki elektron shaklini tuzishga doir talablarga rioya etmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Vakolatli davlat organi sug‘urta shartnomasi shartlariga qo‘yiladigan eng kam talablarni belgilash huquqiga ega. Sug‘urta qoidalari Sug‘urta qoidalari (bundan xalqaro sug‘urta tizimlari doirasida qabul qilinadigan sug‘urta qoidalari mustasno) sug‘urtalovchi yoki sug‘urtalovchilarning birlashmasi tomonidan qabul qilinadi hamda tasdiqlanadi va sug‘urtaning asosiy qoidalarini o‘z ichiga olishi kerak. Sug‘urtaning asosiy qoidalari quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga olishi kerak: sug‘urta subyektlari; sug‘urta obyektlari; sug‘urta hodisalari; sug‘urta tavakkalchiliklari; sug‘urta summasi, sug‘urta tarifi va sug‘urta mukofotini (sug‘urta badallarini) aniqlash tartibi; sug‘urta shartnomalarini tuzish, bajarish va tugatish tartibi; taraflarning huquq va majburiyatlari; zararlarning yoki ziyonning miqdorini aniqlash tartibi; sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) aniqlash tartibi; sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) amalga oshirish muddatlari, shuningdek sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) rad etish asoslarining batafsil ro‘yxati va boshqa qoidalar. Sug‘urtalovchilar, sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar va manfaatdor shaxslar sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin. Sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasini tuzuvchi va sug‘urta mukofotini (sug‘urta badallarini) to‘lovchi yuridik shaxs yoki muomalaga layoqatli jismoniy shaxs sug‘urta qildiruvchidir. Sug‘urta qildiruvchilar uchinchi shaxslarni (sug‘urtalangan shaxslarni) sug‘urta qilish to‘g‘risida faqat ularning roziligi mavjud bo‘lgan taqdirdagina sug‘urtalovchilar bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Sug‘urtada ishtirok etayotgan, mulkiy manfaatlari sug‘urta himoyasining obyekti bo‘lgan jismoniy shaxs sug‘urtalangan shaxsdir. Sug‘urtalangan shaxs, agar o‘ziga nisbatan sug‘urta shartnomasini tuzsa va hisoblangan sug‘urta mukofotini to‘lasa, sug‘urta qildiruvchi ham bo‘lishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi (sug‘urtalangan shaxs) tomonidan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini oluvchi sifatida tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs naf oluvchidir. Naf oluvchi sug‘urta shartnomasi haqidagi axborotni sug‘urta qildiruvchidan, sug‘urtalangan shaxsdan yoki sug‘urtalovchidan olishga haqli. Download 20.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling