Reja makaron mahsulotlari texnologiyasi tayanch iboralar
Download 17.86 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
- NAZORAT SAVOLLARI
13-Amaliy mashg’ulot. Oziq ovqat sanoati korxonalari texnologik jarayonlari bilan tanishish. REJA 1.MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI Tayanch iboralar: Makaron, vermishel, ugra, shakldor makaron mahsulotlari, makaron xamiri, makaron pressi, nam makaron mahsulotlari quritgichlari Makaron mahsulotlari-un va suvdan, ba’zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta’m beruvchi moddalar qo‘shib tayyorlangan oshpazlik yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi. Makaron mahsulotlari tez pishishi (qaynatish davomiyligi naviga qarab 3-20 minut), boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ishlab chiqarishda juda keng qo‘llaniladi. Namligi past (13%) bo‘lganligi bois xossalarini o‘zgartirmas- dan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli Bug‘doy turi va unning naviga ko‘ra makaron mahsulotlari A, B, V guruhlarga va 1, 2-sinflarga bo'linadi: A guruhiga-qattiq bug‘doy unidan; В guruhiga-shaffofligi yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doy unidan; V guruhiga-yumshoq bug'doydan tortilgan novvoylik unidan tayyorlangan mahsulotlar; 1-sinfga-oliy navli undan; 2-sinfga-birinchi navli undan tayyorlangan mahsulotlar kiradi. Ta’m beruvchi va boyituvchi qo'shimchalar qo‘shib makaron mahsulotlari tayyorlanganda guruh va sinf ko‘rsatkichlari yoniga mos qo‘shimchaning nomi ham qo‘shiladi, masalan, В guruh, 1-sinf, tuxumli, V guruh, 2-sinf, tomatli va hokazo. GOST 875 ga ko‘ra makaron mahsulotlari quyidagi tiplarga bo‘linadi; naysimon, ipsimon (vermishel), tasmasimon (ugra) va shakldor. 0 ‘z navbatida makaron mahsulodarining tiplari xillarga (podtiplarga) va turlarga bo‘linadi. Naysimon mahsulotlar shakli va uzunligiga ko‘ra makaronlar, shoxchalar va perolarga bo‘linadi. Ipsimon mahsulotlar-vermishel turli kesim va uzunlikka ega bo'lishi mumkin. Uzunligi 1,5 sm dan kam boimagan-kalta qirqilgan, 20 sm dan kam bo‘lmagan-uzun holda ishlab chiqariladi. Xorijda ishlab chiqarilgan uzun vermishel s p a g e 11 i deb nomlanadi. Tasmasimon mahsulotlar-ugra o‘lchami va shakliga ko‘ra chetlari silliq yoki taram-taram yuzali; to‘g‘ri, arrasimon, to‘l- qinsimon, uzun va kalta qirqilgan hollarda ishlab chiqariladi. Ugraning kengligi-3 mm dan 10 mm gacha («To‘lqin» nomliniki-25 mm gacha). Shakldor mahsulotlar presslash yoki shtamplash yo‘li bilan tayyorlanadi. Shakldor mahsulotlar istalgan shakl va o‘lchamlarda ishlab chiqarilishi mumkin, ammo ular istalgan qismining kesimidagi eng katta qalinligi presslangan mahsulotlar uchun 3,0 mm, shtamplangan mahsulotlar uchun 1,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI Makaron mahsulotlari ishlab chiqarislining texnologik sxemasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: xomashyoni saqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash, xamir tayyorlash; mahsulotlarga shakl berish, ularni boiaklash; qiiritish, qadoqlash, joylash va saqlash. Kalta qirqilgan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi Un avtountashlagichlar bilan keltiriladi va qabul qilish taxtasi 6 dan material o'tkazuvchi quvur 7 orqali pnevmatik tashish usulida o‘lchanadigan tenzometrik qurilmasiga ega siloslar 5 ga beriladi. Siloslar ventilator I, tebranadigan filtrlar 2, bo‘shatuvchi siklon 3 va havo o'tkazuvchi quvur 8 dan iborat aspiratsiya tizimi bilan ta’minlangan. Shnekli dozatorlar 4 yordamida turli siloslardagi unni har xil nisbatlarda shnek 19 bilan aralashtirish mumkin. Un elash mashinasi 18 dan o'tgandan keyin rotorli ta’minlagich 16 dan ventilator 17 dan beriladigan havo yordamida aerozol ko‘rinishida xamir qorish bo‘limiga yuboriladi va u yerda siklon 9 da havodan ajraladi va xamir aralashtirgich 11 ga tushadi. Shu yerning o‘ziga sarflovchi bak 12 dan dozator 10 yordamida emulsiya beriladi. Emulsiya aralashtirgich 14 da tayyorlanadi, u yerdan nasos 13 bilan sarflovchi bakka tortiladi. Suv aralashtirgichga termoregulator 15 orqali beriladi. Xamir aralashtirgich И alohida uch kameraga bo‘lingan bo‘lib, ular orqali ketma-ketlikda xamir o‘tadi. Oxirgi kamerada xamir vakuum-nasos yordamida vakuurnlatiadi. Keyin xamir press 20 ga tushadi. Pressdan chiqqanda yopishib qolishini oldini olish uchun shakl berilgan nam makaron mahsulotlari havo bilan puflanadi. Pichoq mexanizmi bilan kesilgandan keyin mahsulot sochiluvchan holda avval dastlabki quritish kamerasi 21 ga, keyin oxirgi quritish kamerasi 22 ga tushirib quritiladi. Kameralarda belgilangan issiqlik rejimi saqlab turiladi. Qiiritilgandan keyin issiq mahsulot barqarorlashtiruvchi yig‘gichlar 24 da saqlanadi. Bu yerda mahsulot sekinlik bilan xona haroratida soviydi va namlik bir tekis taqsimlanadi. Tayyor mahsulot qadoqlovchi avtomat 25 ga beriladi. Makaron mahsulotlari yupqa kartondan tayyorlangan qutichalarga, sellofan yoki polietilen paketlarga qadoqlanadi. Qutilarga joylangan va tamg‘alangan mahsulot omborga yuboriladi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Makaron mahsulotlari qaysi xususiyatlariga ko'ra tavslflanadi? 2. Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik sxemasi qaysi bosqichlardan iborat? 3. Makaron xamirining o'zlga xos xususiyatlari nimadan iborat? 4. Makaron xamirini presslash qanday amalga oshiriladi? Download 17.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling