Reja: Maktabgacha davr
Download 6.09 Kb.
|
pedagogika psixologiya 7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun Rahmat!
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 3B guruh talabasi Abdikalikova Dinaraning Pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimotiTurli yosh davrlarida o'zlashtirish xususiyatlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4 yosh) kichik maktabgacha davri (4-5 yosh) kichik bog’cha yoshi, o’rta maktabgacha davr (o’rta bog’cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog’cha yoshilarga ajratish mumkin. Bog’cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o’zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy ahloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilish davridir. Maktabgacha davrda bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi. O’zi bilgan ertagini qayta - qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. Kichik maktab davrida o’quv maskanida muvaffaqiyatli o’qishi ko’p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog’liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo’lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o’ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og’irligi oyiga 150 dan 200 gacha, buyi esa 0,5 sm gacha ko’payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar 6 - 7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko’rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog’onasining to’g’ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi xali o’sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog’liq. Maktabga o’qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va xuquqlari bo’lgan va unga turli talablar qo’yiladigan - o’quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo’lmog’i lozim. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida o’qitish va o’zlashtirish. O’smirlik 10–11 yoshlardan 14–15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5–sinflardan boshlanadi. «Endi o’smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o’smir rivojida keskin o’zgarishlar ruy bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik hamda psixologik o’zgarishlardir. O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi. O’smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta bo’lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan xak-xuquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayg’uradilar. Lekin shunga qaramasdan, u muloqotda kattalarning qo’llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Aynan o’smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo’ladi. Bilim o’smirlarga alohida bir quvonch bagishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. O’spirinlar (16-18 yoshlar) o’zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o’z-o’zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bo’ladi. Ular vazmin, mulohazali bo’ladilar, katta yoshdagilarga hurmat-extirom bilan qaraydilar. E'tiboringiz uchun Rahmat!Download 6.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling